
Namangan viloyati Pop tumanida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini takroriy ekin ekish uchun aholiga ajratib berish belgilandi.
Tumanining 1-sektor hududidagi “Pop Yakkatut” MMTP dala maydonida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarda ushbu jarayonlarni sifatli olib borish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Tadbirda g‘alladan bo‘shagan maydonlarni ehtiyojmand aholiga foydalanishga berish amaliyotining hayotga tatbiq etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama etildi. Joriy mavsumda tumanda g‘alladan bo‘shagan 800 gektar maydonda kam ta’minlangan oila dehqonchilik qilishi belgilangani ta’kidlandi.
Ta’kidlash kerak, aholiga yer ajratish chora-tadbirlarida tumanning barcha mahallasi to‘liq qamrab olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, jarayon davom etmoqda.
Yer maydonlarini qabul qilib olgan fuqarolar bu yerda ish boshlashi natijasida avvalo o‘zi, qolaversa, oilasi bandligini ham ta’minlaydi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |