
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Marufova Jizzax viloyatida yashovchi fuqarolarning Oliy Majlis Senatiga yo‘llagan murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.
Oliy Majlis Senati Kengashi va qo‘mitalarining qarorlari ijro etilishiga hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni o‘rganish, Senatga kelib tushgan murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish va bu borada tegishli amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Senatda doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Marufova xizmat safari davomida Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, Oliy Majlis Senati a’zosi Nazira Muxtorova hamrohligida Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Mirzacho‘l tumanlarida yashovchi fuqarolarining murojaatlarini birma-bir tinglab, qayd etib bordi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolarning muammolarini o‘rganish va bartaraf etishda ishtirok etgan viloyat, shahar va tumanlar mutasaddi tashkilotlari rahbarlari zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi. 5 ta murojaat joyida hal qilinib, qolgan murojaatlardagi masalalar yechimi bo‘yicha ijro muddati belgilandi va nazoratga olindi.
Senatda doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Marufovaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Jizzax viloyatidan yo‘llangan murojatlarni o‘rganish bo‘yicha tashkil etilayotgan sayyor qabullari boshqa tumanlarda ham bo‘lib o‘tadi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |