
Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyil asosida davlat tomonidan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini bartaraf etish, turmush farovonligini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Prezidentimizning 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida ana shu toifadagi ko‘plab bolalar yangi uy-joylar bilan ta’minlanmoqda. Ushbu hujjat ijrosi doirasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, turar-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatga olingan, 18 yoshga to‘lgan andijonlik Muhabbatxon Ismoilova hamda Azizbek Usmonov ham uy-joy bilan ta’minlandi.
Keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirokida ularga Andijon tumani Saddatagi mahallasi hududida barpo etilgan yangi uylarning kaliti va sertifikatlari topshirildi.
– Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshim ko‘kka yetdi, – deydi quvonch yoshlarini yashira olmagan, yangi uy sohibasi Muhabbatxon Ismoilova. – Inson qadri ulug‘lanayotgan shu yurt farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Nasib etsa, kelgusida o‘zim tanlagan sohaning malakali mutaxassisi bo‘lib, ushbu e’tibor va g‘amxo‘rlikka munosib bo‘lishga, O‘zbekistonimiz taraqqiyoti, xalqimiz turmush farovonligi yo‘lida astoydil mehnat qilaman.
Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida mazkur yo‘nalishdagi ishlar reja asosida, tizimli davom ettirilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |