2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yoshlar muammolari mutasaddilar nazoratida

Jizzax viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Fayzullo Salohiddinov Sharof Rashidov tumani hamda Jizzax shahri yoshlari bilan muloqotda bo‘lib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini tingladi.

Tadbirda yoshlar kelgusida har xil salbiy holatlarni keltirib chiqarmasligi, turli diniy ekstremistik guruhlarning aldovlariga uchmaslik, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘zlaridagi mavjud iqtidorlarini namoyon etib, faqat ijobiy tomondan ko‘rsatishi, barchaga namuna bo‘lishi ta’kidlandi va o‘z navbatida yoshlarning muammolari tinglab o‘rganildi. 

Uchrashuvda jizzaxlik yoshlar tomonidan asosan bandlik, ekin ekib foydalanish uchun uzoq muddatga yer ajratish, kichik, yakka tartibdagi, oilaviy biznesni yuritishi va tadbirkorlikni boshlashi uchun subsidiya hamda imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qo‘shimcha sport va ko‘ngil ochar majmualar barpo etish kabi murojaatlar ko‘tarildi.

Har bir yosh murojaatchining takliflari diqqat bilan eshitilib, qayd etib borildi. Murojaatlarning 10 foizi joyida hal qilingan bo‘lsa, ishga joylashtirish, yer, subsidiya va kredit mablag‘lari ajratish masalalari yuzasidan bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosining aniq muddati belgilandi. 
Yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasidagi ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal qilish, tegishliligi bo‘yicha Sharof Rashidov tumani hamda Jizzax shahri hokimliklari zimmasiga yuklatildi.

04.06.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar