2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yunusobod tumanida o‘tkazilgan qabulda 20 ga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi

Davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini bermoqda.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan ham jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga alohida e’tibor qaratilyapti. Tasdiqlangan reja-grafik asosida aholi va tadbirkorlarning sohaga oid murojaatlari sayyor qabullar o‘tkazish orqali o‘rganilyapti. Muhim jihati, tadbir o‘tkaziladigan manzil va unda ishtirok etadigan mutasaddilar haqidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilib, aholining xabardorligi ta’minlanyapti.  

Jumladan, Yunusobod tumanida bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulda 20 ga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish va boshqa masalalardagi murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.  

E’tiborlisi, murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Bundan tashqari, yig‘ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.  

28.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизишИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлигиИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Савдода истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишИшонч телефони8 Avgust 202420 Avgust 2024Toshkent viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиИшонч телефони24 Iyul 202410 Avgust 2024Sirdaryo viloyati

Foydali resurslar