2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi uch hududda – Jizzax, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ishchi guruh tomonidan viloyatlarning har bir tuman va shaharlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan mahallalarda xonadonbay yurish orqali aholi uchun dolzarb muammolarni o‘rganish va ularni samarali hal etish ishlari davom ettirilmoqda.  

Jumladan, Namangan viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, aholi muammolarini hal etish, mahallani obod qilish, ichki yo‘llarini shag‘allashtirish bo‘yicha namunaviy ishlar tashkil etildi. Misol uchun, Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari boshchiligidagi Ishchi guruh Namangan tumanining Andijon viloyati bilan chegaradosh og‘ir “Oq yer” mahallasida bo‘lib, mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashib, aholi kayfiyati o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Xususan, 2 km. ichki yo‘l shag‘allashtirilib, 1 km. yo‘lga asfalt yotqizildi, ariq-zovurlar aholi vakillari ishtirokida tozalandi. 400 dan ortiq fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, og‘ir sharoitdagi xonadonlarni ta’mirlash ishlari boshlandi. Ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi, hududdagi bog‘chalar uchun zarur jihozlar yetkazildi.  

Bundan tashqari, viloyatdagi ichki yo‘llarning jami 20 km.ga yaqin qismi ta’mirlandi. Aholiga qo‘shimcha 446,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 60 ta temir beton tayanchlar yangilandi, 4,8 km. tarmoq tortildi.  

Namangan tumanidagi 36 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 4 000 ta bolalar yotoqxona to‘plami, o‘quv qurollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.  

Tijorat banklari tomonidan 764 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 40 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Jumladan,“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 116 nafar fuqaroga 2,8 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.  

Xuddi shunday amaliy ishlar Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida ham amalga oshirilyapti.  

Xususan, Jizzax viloyatida “Qizil hudud” dasturiga kiritilgan mahallalar holatini yaxshilash maqsadida, viloyatning 13 tumanida 90,7 km. yo‘llar yangidan shag‘al yotqizish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Undan tashqari, ichki yo‘llarning jami 45 km. qismi ta’mirlandi.  

Aholi ehtiyojiga qarab qo‘shimcha 826 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 67 ta ko‘p qavatli uylarda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilib, shundan 44 ta uyning tom qisminiing mukammal ta’mirlanishi yakunlanmoqda.  

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 499 nafar fuqaroga 1 358 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 3 496 nafar xotin-qizga 2 432,6 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 932 nafar fuqaroga 3 057 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.  

Qashqadaryo viloyatida aholi murojaatidan kelib chiqqan holda 11,4 km. ichki yo‘llar shag‘allashtirildi. Aholiga qo‘shimcha 60 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 50 dan ziyod temir beton tayanchlar yangilandi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 3 km.ga yaqin ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, Shahrisabz shahri Markaziy suv inshootidagi nasoslar joriy ta’mirlanib o‘rnatildi.  

Viloyat aholisi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu maqsadda tijorat banklari tomonidan 840 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 43,5 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi.  

Respublika ishchi guruhining joylardagi ishlari davom etmoqda.    

18.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar