
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani bo‘linmasi tomonidan “Obod mahallam” nomli loyihasi doirasida fuqarolar yig‘inlarida obodlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Loyiha ish rejasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhit muhofazasiga hissa qo‘shishdan iboratdir.
“Mahalla” xayriya jamg‘armasi jamoat fondi Amudaryo tumani bo‘linmasi boshlig‘i Bahodir Boltaboyev rahbarligidagi guruh a’zolari Qipchoq ovul fuqarolar hududidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi. Dastlab “Qoraqalpoqyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi a’zolari, Qipchoq o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini borib ko‘rdi. Bekbergan Tileo‘boyev, Hamro Cho‘tboyev tomorqalaridagi issiqxonalarda erta pishar meva va sabzavotlar, bog‘bon To‘liboy Xudoyberganovning bog‘ida nashvati, olma, uzum yetishitirilmoqda. Mahalla faoli Madrim Nametov ovuldagi yaxshi o‘zgarishlar haqida faxrlanib gapirdi. Uyshin mahallasidagi Omonboy Jalolov xonadoni issiqxonasida turli xil gul navlari yetishtirilmoqda.
“Mahalla” xayriya jamg‘armasi jamoat fondi Amudaryo tuman bo‘linmasi boshlig‘i Bahodir Boltaboyevning ta’kidlashicha, amalga oshirilayotgan “Obod mahallam” loyihasi bo‘yicha “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida To‘lqin, Qumyop, Choyko‘l, Qilichboy, Bobur ovullarida hamda Farovon mahallasida “Mahalla bog‘i” ni yaratish ko‘zda tutilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |