2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Botir Zaripov hindistonlik talabalar bilan uchrashdi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan xorijiy talabalar bilan uchrashdi.

Muloqotda Hindistondagi “Neo Institute of Medical Sciences and Technology Limited” kompaniyasi direktori Divya Sunitha Raj Burra, Kalkutta universiteti professori, doktor Sudha Sedharam, shuningdek, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, Buxoro shahar hokimi, viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari ham qatnashdi. 

Ta’kidlanganidek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ayni damda jahonning 150 dan ziyod universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. So‘nggi uch yil mobaynida xorijiy mamlakatlarning ellikka yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolangan. Rossiya, Hindiston, Xitoy, Polsha, Italiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilib, talabalar o‘qishga qabul qilinmoqda. Jumladan, 2022 yil Buxoro davlat tibbiyot instituti va “Neo Institute of Medical Sciences and Technology Limited” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan hozirgi kunga qadar institutga mingga yaqin hindistonlik talabalar o‘qishga qabul qilingan. 
Umuman, institutda hozirda dunyoning 20 ga yaqin davlatlaridan 3 mingga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Viloyat rahbari hindistonlik talabalar bilan uchrashuvda bugungi globallashuv davrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xorijlik talaba-yoshlarning ta’lim olishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. Qolaversa, Botir Zaripov yoshlarga zamonaviy ilmlarni egallashning bugungi hayotdagi, har bir mamlakat rivojidagi katta ahamiyati haqida to‘xtaldi. bugungi kunda O‘zbekistonda ham, Hindistonda ham malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj haqida to‘xtalgan viloyat hokimi yoshlarni o‘qishni tamomlagach, jamiyat ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilishlariga umid bildirdi. 
Ayni jihatlarni uchrashuvda so‘z olgan “Neo Institute of Medical Sciences and Technology Limited” kompaniyasi direktori Divya Sunitha Raj Burra, Kalkutta universiteti professori, doktor Sudha Sedharam ham mamnuniyat bilan e’tirof etdi. 
Ayniqsa, Buxoro davlat tibbiyot institutidagi ta’lim imkoniyatlari, talabalarga yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berildi. 
Talabalar o‘zlarining Buxorodagi o‘qish va hayot sharoitlari, kelgusi rejalari borasida o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga taklif va muammolarini bildirildi. Ularni hal etishda maslahat va ko‘mak so‘radi. 

Har bir taklif va tashabbusni o‘rganib chiqish va hal qilish bo‘yicha uchrashuvda ishtirok etgan viloyat mas’ullariga vazifalar belgilandi. 
Uchrashuv yakunida “Neo Institute of Medical Sciences and Technology Limited” kompaniyasi va viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

23.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar