
Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugundan «Ochiq byudjet» portalida «Mening yo‘lim» loyihasiga taklif qoldirish boshlandi.
Qayd etilishicha, «Mening yo‘lim» loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishi belgilangan. Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27 aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jarayonlari 28 apreldan 7 may kuniga qadar o‘tkaziladi.
«Mening yo‘lim» loyihasi tuman (shahar) byudjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |