Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Fuqarolar bandligiga ko‘maklashildi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent shahrida davom ettiryapti.

Ishchi guruh tarkibiga 30 ta vazirlik va idoralar, shahar, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlar vakillari jalb etildi. Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 3 ming 852 nafar fuqarolar bandiligiga ko‘maklashildi. Tijorat banklari tomonidan 27 ming 396 nafar aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 1 314,5 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi. 45 ming 757 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan 1 ming 956 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizildi, 247 nafariga respublika muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. 56 nafar bemorda yuqori texnologik amaliyot o‘tkazildi.  

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida Toshkent shahrida 101 km. tarmoq tortilib, 21 transformator, 60 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, 5 km. tarmoq tortish uchun transheya qazildi. Shahar bo‘yicha 32 km. eskirgan ichimlik suv tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.  

«O‘zmilliybank» AJ tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun jami 760 million so‘m homiylik mablag‘i ajratildi. Toshkent shahri Sergeli tumani hokimligi tomonidan tadbir boshidan 296 nafar fuqaroga 208,9 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Yangihayot tumanida 17 nafar fuqaroga davolanishi uchun 109 million so‘m, 4 nafar fuqaroning operatsiyasi uchun 14 million so‘m yordam ko‘rsatildi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi homiylik mablag‘lari hisobidan Yangihayot tumanidagi nogironligi mavjud 30 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari yetkazildi.  

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom ettiriladi.  

11.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar