2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Poytaxt tumanlaridagi ko‘plab muammolar hal etildi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining ikki oy avval «Oqqo‘rg‘on tajribasi» asosida Toshkent tumanlaridagi faoliyati davomida aholining elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan bog‘liq eng birlamchi hayotiy masalalarni hal qilishga asosiy e’tibor qaratilgan edi.

Ayni shu tajriba bilan poytaxtimizning barcha tuman-shahrida bu boradagi tizimli masalalarni hal qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan edi.  

Shu kunlarda esa Prezident Xalq qabulxonalari, Milliy gvardiya, vazirliklar, qo‘mitalar, tashkilotlar, sektorlar rahbarlaridan iborat Respublika ishchi guruhi poytaxtimizning barcha tumanida mazkur vazifalar ijrosini o‘rganyapti.  

Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumani Oqibat mahallasi aholisi murojaatlari asosida hududdagi ancha zo‘riqib ishlayotgan 400 kilovoltli transformator 630 kilovolt amper quvvatdagi yangisiga almashtirildi. Bu bilan 400 ta xonadonda elektr ta’minoti barqarorlashib, kuchlanish me’yoriga tushadi, yo‘qotishlar esa 10 foizga kamayadi. Yoki Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasidagi katta kuchlanishga ega elektr tarmoqlari yangilanayotgani bilan esa Janggoh, Shayxontohur, Labzak, Koh ota mahallalarining elektr ta’minoti yaxshilanadi. Umuman, Respublika ishchi guruhining Toshkent shahridagi faoliyati davomida 9 ta transformator o‘rnatilib, 48,6 km. elektr tarmog‘i tortildi.  

Yangihayot tumani «Yangi darxon» mahallasida esa 24 kilometr tarmoq tortilib, yangi beton ustunlaru yuqori kuchlanishli 6 ta transformator o‘rnatilishi bilan 600 ta oilaning uyi ham, ko‘ngli ham charog‘on bo‘ldi. Darvoqe, bu mahallada «Yangi O‘zbekiston» massivlari barpo etilyapti. Qulay infratuzilma, bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit, yangidan qurilayotgan maktab-bog‘chalar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, umuman, bunyodkorlik va obodlik harakati zamirida ham «Inson qadri uchun» g‘oyasi mujassam.  

Yana bir ibratli jihat: qisqa vaqtda Yangihayotdagi 20 dan ortiq tadbirkorlik sub’ekti o‘z korxonalariga quyosh panellari o‘rnatdi. Bu bilan har bir korxona oyiga o‘rtacha 100 kVt elektr energiyasini iqtisod qilyapti.

Qishning achchiq sabog‘idan so‘ng Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli 55 ta uy yerto‘lasidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘i to‘liq yangilandi va bu ishlar izchil davom ettirilyapti. Bu jarayonda Navqiron mahallasidagi 7 ta uy yerto‘lasidagi muhandislik tarmoqlari ham to‘liq yangilandi.  

Beshkapa mahallasi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi yotoqxona tipidagi uyni bosh-oyoq ta’mirlash ishlari ham dasturlar asosida olib borilyapti. Bu bilan 128 ta xonadon egalari munosib turmush kechirishi uchun yetarlicha sharoit yaratiladi.  

Yangihayotning «Xushnud» mahallasi aholisi esa yaqin-yaqingacha poliklinika yo‘qligidan qiynalib kelardi. Murojaatlardan so‘ng bu yil dasturlar asosida bu masala ham hal qilinib, mahallada 200 o‘rinli zamonaviy tibbiyot muassasasini qurish ishlari boshlab yuborildi.  

Shayxontohurning qadim tarixga ega Janggoh mahallasida ham qurilish ishlari avjida. Bu yerdagi bo‘sh maydonda mahalla fuqarolar yig‘ini markazi bunyod etilyapti.  

Uchtepa tumani Birlik mahallasi Katta Xirmontepa ko‘chasida bunyod etilgan go‘zal saylgoh, salomatlik yo‘lagi esa mahalla ahlining dimog‘ini chog‘ qilyapti.  

Xalq bilan muloqotning «Oqqo‘rg‘on tajribasi» – avvalo yordamga haqiqiy muhtoj insonlarni topib, ularga ko‘mak berish degani. Chilonzor tumanidagi Xalq qabulxonasi, sektorlar va mahalla vakillari o‘rganishlaridan so‘ng 2-guruh nogironi Vasila Vakilova kabi og‘ir ijtimoiy ahvoldagi 30 dan ortiq bemorning jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va davolanish xarajatlari, Roza Salmonova kabi bir qator ehtiyojmand talabalarning esa kontrakt pullari ichki imkoniyatlar hisobidan to‘lab berildi.  

Uchtepa tumani Tepaqo‘rg‘on mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Gulsiya Jabborova singari og‘ir ijtimoiy ahvoldagi ko‘plab insonlarning xonadonlarida ichki imkoniyatlar hisobidan ta’mirlash ishlari olib borilyapti.  

Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining poytaxtimizdagi faoliyati davomida aniqlangan 44 ming 300 dan ziyod masalaning qariyb 25 ming 680 tasi hal qilindi, qolganlari bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilyapti.  

05.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar