Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Poytaxtliklarning 20 mingdan ziyod masalasi xal etildi

Davlatimiz rahbari topshirigʼiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi faoliyatining navbatdagi manzili Toshkent shahri boʼldi.

Ishchi guruh tarkibiga 30 ta vazirlik va idoralar, shahar, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlar vakillari jalb etilib, har bir tuman hokimiyati qoshida tezkor guruhlar shtablari tashkil etildi.

Faoliyat davomida shu kunga qadar poytaxtning 533 ta mahallasidagi 700 mingdan ziyod xonadondan 43% oʼrganildi. Uyma-uy yurish davomida 41 mingga yaqin muammolar aniqlanib, 20 mingdan ziyodi joyida hal etildi, qolgan masalalar boʼyicha ishlar nazoratga olindi.

Taʼkidlash kerakki, aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida qator keng qamrovli ijobiy ishlar amalga oshirilyapti.

Jumladan, aholi orasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 7 487 nafar aholi va tadbirkorlik subʼektlariga 222,1 mlrd. soʼm kreditlar ajratildi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 21 nafar fuqaroga 509 mln. soʼm kredit ajratildi.

Sogʼliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari boʼyicha esa 8 011 nafar fuqarolar tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Kasallik aniqlangan 429 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizildi, 19 nafari respublika muassasalarida davolanish uchun yoʼllanma berildi. 25 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizilib, yuqori texnologik amaliyot oʼtkazildi.

“Аyollar daftari”ga kiritilgan 146 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga bir marotabalik yordam sifatida 1,2 mln. soʼmdan jami 175,2 mln. soʼm moddiy yordam ajratildi.

Poytaxtning kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holati va ularni yaxshilash masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʼldi.

Xususan, tumanlarda 15 ta gaz taqsimlash punktlari, 271 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik koʼrikdan oʼtkazildi, 6,3 km gaz tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida Toshkent shahrida 39 km yangi tarmoq tortilib, 5 ta transformator, 30 ta temir-beton tayanchlar oʼrnatildi.

Shahar boʼyicha 32,0 km eskirgan ichimlik suv tarmoqlarini mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga “Yashil makon” umummilliy loyihasining poytaxtda bajarilish ishlari ham guruh aʼzolarining alohida nazoratida boʼlib kelyapti.

Misol uchun, Chilonzor tumanida 4,3 km irrigatsiya tarmoqlari tozalanib, loyiha doirasida 3000 dona gul koʼchatlari ekildi. “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tomonidan “Olmazor – Chinoz”, “Yangi yoʼl – Paxta”, “Paxta – Olmazor” yoʼnalishlari, “Olmazor – Chinoz” bekatlari oraligʼida jami 4,9 km temir yoʼl yoqalarida daraxt butalari oqlanib, yerga ishlov berilib, obodonlashtirish, hududni chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

30.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar