2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xo‘jaobod yanada obod bo‘ladi

Yurtimizning har bir go‘shasi kundan-kunga obod bo‘lib bormoqda. Yangi-yangi uy-joylar, bog‘cha, maktab, stadionlar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ishlab chiqarish korxonalari barpo etilib, qishlog‘u shaharlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.

Bu albatta, mamlakatimizdagi tinchlik-xotirjamlik, iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar samarasidir. Jumladan, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida ham keyingi yillarda qurilish, bunyodkorlik, aholining turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bugun tumanda bo‘layotgan o‘zgarishlar har qanday kishining havasini keltiradi.

– Prezidentimiz tashabbusi bilan chekka-chekka hududlarda sanoatni rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar doirasida tumanimizda ham e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda, – deydi Xo‘jaobod tumani hokimi O‘tkirbek Shukurov. – Ayniqsa, tumanda yengil sanoat rivojlanib, mazkur yo‘nalishda yangi yangi ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilmoqda.

Masalan, mazkur yo‘nalishda 2022 yilda 41 ta ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilgan bo‘lsa, joriy yilda 38 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning hisobiga 4 ming 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Umuman, tumanda eksport qiluvchi korxonalar o‘tgan yili 28 ta bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 43 taga yetadi.

Darhaqiqat, Navro‘z umumxalq bayrami kunida tumanda ikkita yangi ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Shuningdek, Toshota oilaviy shifokorlik punkti hamda Mustahkam mahallasi jome masjidi foydalanishga topshirildi.

Navro‘z bayrami arafasida tumanda "Selfie" trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy qiyofaga ega, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxonada bir necha turdagi sifatli trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Korxonaning ishga tushishi bilan 200 nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Tumanda 2006 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "FAZO GROUP" tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi tomonidan qo‘shimcha tikuv va bichuv bo‘lmimlari ishga tushirildi. Natijada yana 800 nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Umuman, korxonada ishlovchilar soni 1 ming 500 nafardan ortdi.

Ayni paytda korxonada yiliga 50 dan ortiq turdagi 6 million dona mahsulot ishlab chiqariladi. Mahsulotlar yuz foiz asosan, Rossiya, Belorus, Ukraina, Polsha va Qirg‘iziston davlatlariga eksport qilinadi.

Tumanning Toshota mahallasida oilaviy shifokorlik punktining foydalanishga topshirilganligi esa mahalla ahli uchun Navro‘z bayrami sovg‘asi bo‘ldi. Mazkur oilaviy shifokorlik punkti “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida rekonstruksiya qilindi. Qurilish-ta’mirlash ishlari va jihozlash uchun 1 milliard 748 million so‘m mablag‘ sarflandi. Barcha qulaylik va shart-sharoitlarga ega oilaviy poliklinikaning ishga tushishi bilan mahallada tibbiy xizmat sifati yanada yuksaladi.

Tumanning Mustahkam mahallasi ham kundan-kunga obod bo‘lib borayotgan hududlardan hisoblanadi. Shukuhli Navro‘zi olam ushbu mahalla aholisi, namozxonlari uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi. Mahallada joylashgan milliy va zamonaviy ko‘rinish uyg‘unligida qad rostlagan yangi, barcha qulayliklarga ega "Mustahkam" jome masjidi foydalanishga topshirildi.

Nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida masjid ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud Alimov so‘z olib, mahalla ahlini, mehmonlarni Navro‘z bayrami hamda yangi maskan bilan muborakbod etdi.

Xo‘jaobod tumanida bu kabi xayrli va e’tiborga molik ishlar izchil davom ettiriladi. Bu ishlar albatta, yurtimiz rivojiga, aholining turmush farovonligini yanada oshirishga, odamlarning hayotidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

23.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar