Fuqarolarning sud va boshqa idoralarga borib ortiqcha vaqt sarflashlarining oldini olish, qolaversa, muammolarni imkon qadar tez hal etish maqsadida Farg‘ona shahar “Monomarkaz” va “Do‘stlik uyi” binolarida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Farg‘ona viloyat sudining raisi Sh. Kamolov, viloyat ma’muriy sudi raisi D. Mahamatov va sudyalar fuqarolarning sud-huquq masalalariga doir murojaatlarini o‘rgandi.
Sayyor qabulda 30 ga yaqin fuqarodan kelib tushgan murojaati o‘rganilib, ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar va muammolar yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, sayyor qabulda sud qarorlari va ajrimlaridan norozi bo‘lgan, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat hamda ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, qonun talablari asosida hal qilindi.
Jinoyat ishlar bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazilib, probatsiya hisobida turgan 18 nafar shaxs tayinlangan jazodan muddatidan avval shartli ravishda ozod etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш учун кредит | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |