
Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Obod qishloq” dasturi doirasida Andijon viloyatidagi 50 qishloqda keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning uchun qariyb 444,7 milliard soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan.
Dasturga asosan viloyatdagi 9 ming 292 aholi xonadoni, jumladan, 65 ta koʻp qavatli uyda taʼmirlash ishlari bajarildi. Uylarning tom qismi, fasadi, kirish yoʻlaklari kapital taʼmirlanib, temir eshiklar oʻrnatildi.
Aksariyat uylar yer toʻlasidagi muhandislik-kommunikatsiya tizimi yangilandi.
11 ta bolalar maydonchasi, 30 ta kanalizatsiya tarmogʻi qurildi, 2 ming 400 metr lotok, 8 ming 900 kvadrat metr maydonga bruschatka yotqizildi, yoritgichlar oʻrnatildi. Koʻp qavatli uylar oldidagi 700 ga yaqin noqonuniy qurilmalar buzib tashlandi.








Zuhriddin Umurzoqov (surat), OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |