2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yangi davrga yo‘l ochilmoqda

Konstitutsiyaning yangi tahriri ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratayotganiga yetarli asoslar bor.

Chunki unda aholi farovonligini oshirish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish va hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha puxta va keng miqyosli huquqiy kafolatlar mustahkamlangan. Bu huquqiy asoslar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishiga shubha yo‘q.

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida nafaqat xalqimizning, ekspert va mutaxassislarning takliflari, balki xalqaro va xorijiy davlatlarning tajribasi inobatga olingani uchun ham Qomusimizning mukammallashishiga xizmat qilgan.

O‘zbekiston ijtimoiy davlat, deb belgilangani jamiyatimizda kechayotgan jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq. Bunda davlatning ustuvor siyosati ijtimoiy himoyalanmagan yoki ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlashga, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatishga qaratiladi.

Aytib o‘tish kerakki, bu yo‘nalishda mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Aholining ehtiyojmand qatlamiga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha hokim yordamchilari instituti tashkil etildi. Bu yo‘nalishda xizmat olib borar ekan, hokim yordamchilari har bir xonadonga kirib bordi.

Davlatobod tumani hokim yordamchisi sifatida o‘zim ham oilalarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish asnosida birinchi navbatda ish o‘rinlari yaratishga harakat qildim. Ko‘p qavatli uylarning bo‘sh yotgan yerto‘lalari ta’mirlanib, kichik tadbirkorlik markazlariga aylantirildi. Natijada yuzlab ishsiz yoshlar, xotin-qizlar o‘z kichik biznesini ochdi. Bunday imkoni bo‘lmagan oilalarga esa dehqonchilik, parrandachilik, chorvachilik qilishga ko‘mak ko‘rsatildi. 

Hokim yordamchilari instituti yangi bo‘lsa-da, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga bevosita ko‘mak ko‘rsatishga bo‘lgan siyosatni ma’lum ma’noda oqladi.

Bunday sa’y-harakatlar endilikda Konstitutsiyada o‘z ifodasini topayotgani e’tiborga loyiq. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalarda kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlarni olishi belgilangan.

 Bunday xalqchil konstitutsiyaviy asoslar esa kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lami kengayishiga yo‘l ochishi shubhasiz.

Bundan tashqari, davlat o‘z zimmasiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob’ektlari hamda xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning ishga joylashishi, ta’lim olishiga ko‘maklashish, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari hayoti sifatini oshirish bo‘yicha  majburiyatni olayotgani ham ijtimoiy davlatga xosdir.

Bozor mexanizmlari yanada rivojlantirilib, xususiy mulk daxlsizligi kafolatlari konstitutsiya asosida mustahkamlanayotgani yuqorida aytilgan xayrli ishlarning mantiqiy davomi va ularning rivojiga bo‘lgan katta rag‘bat hamda qonuniy himoyadir.

Aytib o‘tilganidek, aholini ishsizlikdan himoyalashning muhim sharti – tadbirkorlikni rivojlantirish, yangidan-yangi biznes sub’ektlari, shoxobchalarni ochishdir.

Bunday tuzilmalarni ochish aslida qiyin emas, lekin ularning faoliyatini rivojlantirish uchun himoya juda zarur. Shu ma’noda Konstitutsiyada milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda mulk himoyasini yanada kuchaytirish sohalariga e’tibor qaratilib, davlat tomonidan bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish, xususiy mulk daxlsizligini himoya qilishni ta’minlash mexanizmlari belgilangani diqqatga sazovor.

Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida 2030 yilga borib aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 baravarga va daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish vazifasi qo‘yilgan. Taklif etilayotgan normalar ushbu marralarga erishish va iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mulk daxlsizligi va u bilan bog‘liq huquqlarning ta’minlanishi davlat tomonidan himoyalanishi, mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida bo‘lishi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanmoqda.

Bu esa, iqtisodiyot barqaror o‘sishi, farovon hayotimiz tayanchi hisoblangan tadbirkor va ishbilarmonlarning erkin faoliyati uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratadi.

16.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar