2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Olis qishloqda sayyor qabul

Buxoro viloyati Olot tumanidagi Usmonshayx mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

Viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda murojaatlarning aksariyati yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlik, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ish bilan ta’minlash, elektr va gaz ta’minoti sohalarida bo‘ldi.

— Qishlog‘imizda elektr bosimi pastligi sababli yangi transformator o‘rnatilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildim,  – deydi Qipchoq mahallasida yashovchi fuqaro Rajabboy Bozorov. – Qipchoq qishlog‘ida elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida transfarmator o‘rnatilishi masalasi tuman elektr tarmoqlari filiali mas’ullari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Ijobiy hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.  

Usmonshayx mahallasida yashovchi fuqaro Dilmurod O‘rayev asalarichilikni rivojlantirish uchun 20 million so‘m miqdorida kredit olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati tuman hokimligi va bank xodimlari tomonida hal etish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

Bundan tashqari, aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Bolani bog‘chaga joylashtirish, elektron raqamli imzo sertifikatini olish, kadastr pasportini shakllantirish kabi sohalarda 10 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shu kuni qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 10dan ortiq murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.

13.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизишИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлигиИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri

Foydali resurslar