Buxoro viloyati Olot tumanidagi Usmonshayx mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.
Viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda murojaatlarning aksariyati yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlik, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ish bilan ta’minlash, elektr va gaz ta’minoti sohalarida bo‘ldi.
— Qishlog‘imizda elektr bosimi pastligi sababli yangi transformator o‘rnatilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildim, – deydi Qipchoq mahallasida yashovchi fuqaro Rajabboy Bozorov. – Qipchoq qishlog‘ida elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida transfarmator o‘rnatilishi masalasi tuman elektr tarmoqlari filiali mas’ullari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Ijobiy hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Usmonshayx mahallasida yashovchi fuqaro Dilmurod O‘rayev asalarichilikni rivojlantirish uchun 20 million so‘m miqdorida kredit olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati tuman hokimligi va bank xodimlari tomonida hal etish uchun ish yurituvga qabul qilindi.
Bundan tashqari, aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Bolani bog‘chaga joylashtirish, elektron raqamli imzo sertifikatini olish, kadastr pasportini shakllantirish kabi sohalarda 10 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shu kuni qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 10dan ortiq murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |