
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari fraksiya pozitsiyasini, munosabatini bayon qilmoqda.
Fraksiyalar rahbarlari qayd etganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyada ko‘zda tutilayotgan normalar har bir siyosiy partiya dasturiy vazifalariga hamohang, elektorat manfaatlariga munosib.
— Yangilanayotgan Konstitutsiyada "O‘zbekiston — ijtimoiy davlat" degan konstitutsiyaviy tamoyil muhrlanayotgani va davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq normalar bir necha barobarga oshayotgani alohida e’tiborga molik, — dedi O‘zXDP fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov. — Loyihada ijtimoiy birdamlik g‘oyasi ilgari surilmoqda. Qayerdaki ijtimoiy birlik bo‘lsa, o‘sha yerda farovonlik, rivojlanish bo‘ladi. Yangilanayotgan Konstitutsiyaning qator me’yorlarida kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamlar miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilmoqda.
Davlat zimmasiga aholi ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish majburiyati yuklanmoqda. Shuningdek, fuqarolar tibbiy yordamning qonunda kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli ekanligi qat’iy belgilanmoqda.
Shuningdek, majlisda boshqa fraksiyalar rahbarlari ham so‘zga chiqib, o‘z munosabatini bildirib, deputatlarni yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |