2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Surxondaryoda aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularga yechim topish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni qonun doirasida bartaraf etish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Bandixon tumanida aholi uy-joylarining kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish bo‘yicha qilingan murojaatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

Ta’kidlash joiz, boshqarmaga joriy yilning shu kuniga qadar jami 38 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 28 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 10 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

– Maqsadimiz har bir fuqaro mulkiy hujjatga egalik qilish orqali qonuniy vakolatidan foydalanish, haq-huquqini talab qilib, foydali kelishuvga erishish imkoniga ega bo‘lishini ta’minlashdir, - deydi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmat rahbari Behruz Safarov. – Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (3 million so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 million 500 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, har bir fuqaro yoki mansabdor shaxs belgilangan tartibda va o‘z vaqtida bino-inshootlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi zarur.

26.02.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar