2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bir haftada 7 mingdan ziyod muammo hal etildi

Joriy yilning 13-21-fevral kunlari Prezident administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, yigirmaga yaqin vazirlik va idoralar, sektor rahbarlaridan iborat Respublika ishchi guruhi Samarqand viloyatining Ishtixon tumandagi 62 ta mahallada 44 mingdan ziyod xonadonlar, 443 ta obyektlarda oʻrganishlar olib bordi.

Aniqlangan 10 mingdan ortiq muammoli masalalarning qariyb 7,5 mingga yaqini joyida hal etildi, 3 mingga yaqini esa koʻrib chiqish uchun nazoratga olindi.

Oʻrganishlar davomida asosiy eʼtibor hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, bu bilan ishsiz aholini doimiy ish bilan tamʼinlash, real daromadini oshirishga qaratildi. Ayni bu borada hududning oʻsish drayverlaridan kelib chiqib, lider tadbirkorlar faoliyatini kooperatsiya aloqalari orqali aholining ishsiz qatlamiga biriktirish va bandligini taʼminlashga erishildi.

Tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 6,2 mlrd. soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratilganligi 235 nafar fuqarolarni oʻz tadbirkorligi boshlashi uchun katta imkoniyat boʻldi.

Yangi tizim asosidagi aholi muammolari bilan ishlashda xalqni oʻylantirib kelayotgan ichki yoʻllar taʼmiri, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi taʼminoti bilan bogʻliq eng birlamchi hayotiy masalalarga ham yechim topish choralari koʻrildi. Bu jarayonda 91,7 km ichki yoʻllar shagʻallashtirildi, 2 km. yoʻlga asfalt yotqizildi.

Oʻrganishlar davomida 12 ta yangi transformator oʻrnatilib, 32 tasi taʼmirdan chiqarildi, 474 dona beton ustunlar oʻrnatildi, 13,2 km yangi elektr kabeli tortildi. Masalan, Chaqar mahallasining Xoʻjamurod qishlogʻida yildan-yilga aholi sonining ortib borishi natijasida turli uzilishlar kuzatilayotganligi, qoʻshimcha ravishda transformator oʻrnatish lozimligi aniqlangandi. Shundan soʻng, 30 dan ortiq qoʻlbola simyogʻochlar temirbeton tayanch ustunlarga almashtirildi. 160 kilovatli yangi transformatorning oʻrnatilishi bilan 138 ta xonadonning elektr energiya taʼminoti yaxshilanadigan boʻldi.

Respublika ishchi guruhining oʻrganishlari natijasida 2 ta suv uzatish stansiyasi taʼmirlandi, 7 km suv quvuri yotqizildi, 8,5 km suv quvurini yotqizish ishlari davom ettirilmoqda. “Sheyxlarkent” mahallasida 34 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun boshlangan harakatlar bilan 20 yildan buyon bu borada murojaat qilib charchagan fuqarolarning xonadoniga obi hayot kirib boradigan boʻldi.

Shuningdek, Ishtixon tumanining “Toʻpor”, “Namuna”, “Shayxislom”, “Qayirma”, “Yoʻgʻontepa”, “Mirishkor”, “Zarband”, “Gʻofur Gʻulom”, “Azamat” mahallalarida ham 6 ta suv inshootlarini qurish, 16,2 km li ichimlik suvi tarmogʻini tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada ushbu mahallalarda yashovchi 3 mingga yaqin aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanib, 1250 nafar aholi ilk bor markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Oʻrganishlar doirasida tumandagi ijtimoiy soha oʼbektlari, taʼlim muassasalarining ahvoli, moddiy taʼminotidagni muammolar ham oʻrganildi. 5 ta maktabga 50 dona badiiy adabiyotlar toʻplami berilgan boʻlsa, 2 ta maktabga 21 mln. soʻmlik elektron doska va quvvati 15 kVt boʻlgan quyosh panelli oʻrnatildi. 12 ta maktabga esa 119 mln. soʻmlik, 2 ta maktabgacha taʼlim tashkilotiga 124 mln. soʻmlik zaruriy jihozlar va oʻquv partalari topshirildi. 5 ta maktabni elektr kabellari taʼmirlandi, 1 tasida yangi qozonxona qurildi. 149 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotiga imtiyozli ravishda qabul qilinishi tashkil qilindi.

Respublika ishchi guruhi oʻrganishlari davomida 725 nafar fuqarolarning bandligiga koʻmaklashildi. 258 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 249 nafari kasb-hunarga yoʻnaltirildi, 218 nafari oʻzini oʻzi band qilishi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Ishtixon mahallasida oʻtkazilgan “Boʻsh ish oʻrinlari yarmarka”sida 96 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi.

Bundan tashqari, 90 nafar ishsiz fuqarolarga 623 mln. soʻmlik tikuv mashinalari, motokultivatorlar tarqatildi. 349 nafar “Yoshlar daftari”da boʻlgan yoshlarga 514,2 mln. soʻm moddiy yordam koʻrsatildi.

Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining “Oqqoʻrgʻon tajribasi” asosida Ishtixon tumanidagi oʻrganishlari xonadonlargacha kirib borish, odamlarni oʻylantirayotgan masalalarni eng birlamchi nuqtada aniqlab, ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etdi. Hududda aniqlangan muammolarni har tomonlama tahlil qilish va hal etish maqsadida esa aniq moliyalashtirish manbalari, ijro muddatlari va “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.

23.02.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar