2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident topshirig‘i amalda: mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinadi

Davlatimiz rahbari joriy yil 1 fevral kuni Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Andijon tumani adirliklarida barpo etilayotgan Yangi Andijon shahrida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ommalashtirish va aholi bandligini ta’minlash choralari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi.

Unda mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi sonining o‘sishi bilan elektr iste’moli ortib borayotganligi, so‘nggi besh yilda yurtimizda xonadonlar 1 million 200 mingtaga ko‘paygani, korxonalar soni esa 260 mingtaga yetgani, natijada Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida elektr energiyasiga talab 40 foizga ko‘payganligini alohida ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish, quyosh, shamoldan elektr energiyasi olishga qaratilgan loyihalarni hamda gidroelektr stansiyalarni ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Birgina Andijon viloyatida 41 ta mikro gidroelektr stansiya qurish imkoniyati borligi aytildi.  

Ana shu topshiriqlardan kelib chiqib, kichik gidroelektr stansiyalar qurish bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Dealan energo” kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.  Uchrashuvda kompaniya mutaxassislari viloyatda gidroelektrostansiya qurish borasidagi loyihalar taqdimotini o‘tkazdi. Mutaxassislar qurilishi ko‘zda tutilayotgan GESlarning energiya ishlab chiqarish quvvati, turlari, imkoniyatlari va qulayliklari xususida atroflicha ma’lumotlar berdi.  

Muloqotda viloyat hududida gidro elektr stansiyalarni qurish, mavjud hamda ma’lum vaqtdan buyon ishlamay turgan GESlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, bu boradagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

Viloyatda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirishda suv inshootlarida bir necha o‘n yillar avval qurilgan, lekin keyingi yillarda ishlamasdan qolgan gidroelektr stansiyalarni rekonstruksiya qilish va ishga tushirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Jumladan, viloyat hokimi Izboskan tumanida 1950 yillarda qurilgan va 80-yillardan buyon ishlashdan to‘xtab qolgan stansiyani borib ko‘rdi. Yangi loyiha asosida mazkur stansiya faoliyatini tiklash olimlar va yetuk mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda. GES yaqinidagi daryodan 90 metr kub miqdorda suv oqib o‘tadi. Buning yordamida ushbu stansiyadan 10 megavatt elektr energiyasini olish mumkinligi aytildi. Shuningdek, Marhamat tumanidagi Oqbosh mahallasidan oqib o‘tuvchi suv havzasi ustiga qurilgan, lekin ancha yillardan buyon ishlamay turgan gidro elektr stansiyani ishga tushirish bo‘yicha ham harakatlar boshlandi.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur stansiyadan o‘rtacha 5 metr kub suv oqib o‘tadi. Buning yordamida o‘rtacha 2 megavatt elektr energiyasini olish mumkin. Mavjud loyihani amalga oshirish ishlari boshlandi. Ushbu mini gidroelektrostansiya ishga tushirilsa, 100 ga yaqin xonadon uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, ayni kunlarda tumandagi Rohat mahallasida ancha yillar avval qurilgan mini gidro elektr stansiyalar ishga tushirish, undan samarali foydalanish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.  

Viloyatda mavjud imkoniyatlardan keng foydalanish, ya’ni yangi gidroelektr stansiyalar qurish, mavjud, lekin uzoq yillardan buyon ishlamay turgan mini GESlarni ishga tushirish orqali aholini elektr energiyaga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar reja asosida davom ettiriladi.  

11.02.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar