Buxoro viloyati qishloqlarida joriy yilda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1 ming 450 uy-joy qurildi.
Kogon tumani “Beklar” mahalla fuqarolar yigʻini Xoʻjalar qishlogʻida ham 2 sotixli uch xonadan iborat 169 uy qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi uylar kalitlarini oʻz egalariga tantanali topshirish marosimida jamoatchilik vakillari, xonadon egalari va ularning yaqinlari ishtirok etdi. Tadbirda aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xususan, ehtiyojmand oilalarning uy-joy bilan bogʻliq sharoitlarini yaxshilashga katta eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Bu uylarning 137 tasi kam taʼminlangan, uy-joyga ehtiyoji bor oilalarga berildi. Qolgan 32 tasi ogʻir vaziyatga tushib qolgan, nogiron farzand tarbiyalayotgan va salomatligi yaxshi boʻlmagan yolgʻiz ayollarga topshirildi.
– Ilgari Kogon shahrida yashardim, – deydi Surayyo Gʻaniyeva. – Arizamga koʻra, sharoitim noqulayligini oʻrgangan komissiya meni Kogon tumanida quriladigan uy-joy oluvchilar roʻyxatiga kiritdi. Mana, bugun barcha qulaylikka ega uch xonali uyga farzandlarim bilan koʻchib kirdik. Uy narxi arzon. Buning ustiga 42,1 million soʻm miqdoridagi boshlangʻich badal Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan toʻlab berildi. Bank tomonidan ajratilgan 126 million soʻm kreditni 20 yilda imtiyozli foizlarda qoplash imkoniyati yaratilgani ham biz uchun katta madad boʻldi.
Vobkent tumanidagi Shakarkent qishlogʻida ham 2 sotixli uch xonadan iborat 40 ta uy oʻz egalariga topshirildi.
Yangi uylarni topshirish marosimida Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyev soʻzga chiqdi.
Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизиш | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлиги | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |
Савдода истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |