
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi bugungi kunda o‘z faoliyatini Qashqadaryo viloyatida ham davom ettirmoqda.
Xonadonbay o‘rganishlar doirasida ishchi guruh vakillari joylarda aholi bilan muloqotlar, ommaviy qabullar o‘tkazib kelmoqda. Ana shunday qabullardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari U.Muhammadiyev boshchiligida Prezident Xalq qabulxonalari, sektor rahbarlari hamda vazirlik va idoralarning mutasaddilari ishtirokida Chiroqchi tumanida tashkil etildi.
Tadbir avvalida U.Muhammadiyev ommaviy qabulda fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan har bir murojaat tegishli tartibda qonuniy yechimini topishi, ushbu muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, ularni rozi qilishdan iborat ekanligini qayd etdi.
Qabulda Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlari fuqarolari o‘z muammolari bilan murojaat qildi. Ellikdan ziyod murojaatlar asosan ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash muassasalarida davolanish, kam ta’minlangan oilalarning uy-joyni ta’mirlash, tahsil olayotgan yoshlarning kontrakt to‘lovlarida yordam berish hamda ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi qator masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi.
Natijada, yigirmadan ziyod talabalarga o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi uchun kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan mablag‘lar to‘lab berildi, besh kishiga davolanish uchun markaziy tibbiyot muassasalariga bepul yo‘llanmalar ajratildi.
Tadbirlar doirasida mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, o‘sha kunning o‘zidayoq o‘nlab yoshlar va xotin-qizlar muqim ish joyiga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, qabul davomida joylarda yo‘l, suv, suyultirilgan gaz, elektr ta’minoti kabi sohalarga tegishli bo‘lgan muojaatlar ham kelib tushdi. Mazkur murojaatlar Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan bevosita joyga chiqib o‘rganildi va aksariyatiga o‘sha yerning o‘zida yechim topildi.
Respublika ishchi guruhi bu kabi qabullarni Qashqadaryo viloyatining boshqa tumanlarida ham davom ettirmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |