2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
30 yillik muammo barataraf etiladi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Qo‘rg‘oncha mahallasidagi tomorqa yerlarda yetishtirilgan dehqonchilik va ziroatchilik mahsulotlari nafaqat o‘zimiz, balki qo‘shni davlatlar bozorlarida ham xaridorgir bo‘lgan.

Keyingi yillarda tomorqa yerlarni sug‘orishda yuzaga kelgan muammolar mirishkorlarning ishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Mazkur muammoni bartaraf etish, qishloqda yana tomorqachilikni keng rivojlantirish maqsadida ayni kunlarda mahalla o‘ramida ezgu loyiha amalga oshirilmoqda. Aholi vakillarining takliflari, davlatimiz rahbarining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori asosida qishloqdagi aholi xonadonlari tomorqasini Katta Farg‘ona kanalidan sug‘orish uchun alohida tarmoq tortilmoqda. Qiymati 2 milliard 236 million so‘m bo‘lgan ushbu loyiha doirasida ayni kunda Katta Farg‘ona kanalidan mahallagacha 2 ming 160 metr masofada suv tarmog‘i  tortilmoqda. Kanaldan suv olish uchun alohida suv inshooti qurilib, suv nasosi va transformator punkti ham o‘rnatiladi.  

Mahallaning maqbul joyida suv taqsimlash maskani tashkil etiladi. Suv o‘tkazish qobiliyati 35 m3/sekundni tashkil etuvchi ushbu tarmoqni qurilish ishlari “Beshariq maxsus suv pudrat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari shu yilning mart oyi oxirida yakunlanadi.  

– Davlatimiz rahbarining qarori qishlog‘imizdagi 30 yillik muammoga yechim bo‘ldi, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Habibullo Mamatqulov. – Mahalla ahli xayrli tashabbusdan juda mamnun, nuroniylarimiz esa duoda. Nasib, loyiha to‘liq yakuniga yetgach 570 dan ortiq aholi xonadonlari o‘z tomorqasidan samarali foydalanishi mumkin. Aholimiz yetishtiradigan sabzavot va poliz ekinlarini ayni mahallani o‘zida bir joyda sotadigan maxsus maskan yarmarka tashkil etishni rejalashtirganmiz.  

04.02.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar