2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi: poytaxt natijalari

Bu yilgi qish poytaxt aholisi uchun ham ancha sinovli kelgani, elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi kabi eng birlamchi hayotiy ehtiyojlar bilan bogʻliq qator masalalar yuzaga qalqib chiqqani rost.

Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining “Oqqoʻrgʻon tajribasi” asosida Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi faoliyati ayni shunday ogʻir-murakkab pallaga toʻgʻri keldi.

Oʻrganishlarda ikki tumanning 50 ta mahallasidagi aksariyat koʻp qavatli uylaru hovlilarda elektr, gaz, issiqlik, ichimlik suvi taʼminoti va boshqa kommunal masalalarda muammolar borligi aniqlandi. Uzluksiz ishlagan ikki shtabga bu borada qariyb 2 ming 900 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, ularning 2 ming 430 dan ortigʻi hal qilib berildi. Bu, bir tomondan, Respublika ishchi guruhi faoliyati koʻlami va qamrovi qanchalik keng boʻlganini, ikkinchi tomondan, mazkur sinovlar davlat idoralari va xalqimizni yanada jipslashtirganini ham anglatadi.

Birgina Chilonzor tumanida elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolarni bartaraf qilish uchun 24 ta transformator yangilanib, 15,7 km. tarmoq tortildi, 5,9 km. past kuchlanishli tarmoq esa taʼmirlandi. Aytaylik, tumanning Xayrobod mahallasida 5 mingdan ziyod aholi yashasa, qorli kunlarda mahallada tez-tez chiroq oʻcha boshladi, hatto ular maʼlum vaqt chiroqsiz ham qolib ketdi. Sababi transformatorning quvvati pastligi, yuklama ortib ketgani bilan bogʻliq. Oʻrganishlardan soʻng mazkur muammoni hal qilish uchun Xayroboddagi eskirgan 400 kilovolt-amperli transformator bir yarim baravar katta quvvatlisiga almashtirildi.

Xuddi shunday “1-Charx Kamolon” mahallasida ham 250 kilovolt-amperli transformator ham eskirgani, ham quvvati pastligi uchun oʻzi tez-tez ishdan chiqar edi. Izgʻirinli kunlarda yuklamani butkul koʻtara olmay qolgan bu transformatorning ham katta quvvatlisiga almashtirilishi bilan mahalladagi xonadonlarni elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash imkoni yaratildi.

 “Katta Qozirabod” mahallasida esa 4 ta yangi trasformator oʻrnatilib, 200 metr tarmoq yangilanishi bilan 60 ta xonadondagi chiroq oʻchishlarga barham berildi.

Yunusobod tumanida esa elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolarni tezkor hal etish uchun 8 ta mobil brigada shakllantirilib, qisqa vaqtda koʻp qavatli 516 ta uy va 17 ming 510 dan ziyod hovlilardagi chiroq oʻchishlar bilan bogʻliq masalalar hal qilib berildi. Bu jarayonda transformatorlarning 3 tasi yangilandi, 34 tasi taʼmirlandi, 7,3 km. yangi elektr tarmogʻi tortildi. Deylik, “Adolat” mahallasida koʻp qavatli 44 ta uy, 100 ga yaqin hovli va 4 ta ijtimoiy soha obyekti boʻlib, bu yerda ham yuklama koʻpayib ketishi oqibatida elektr tarmoqlari kuyib erib ketadi. Murojaatlar asosida bu masala ham tezkorlik bilan hal qilinib, trasformator taʼmirlandi, yangi, zamonaviy yuqori kuchlanishga bardoshli elektr tarmoqlari tortildi.

Shuningdek, “Boʻston” mahallasida ham yuqori kuchlanish oqibatida izdan chiqqan elektr tarmoqlari va trasformatorlar rekonstruksiya qilib berildi. Bu bilan mahalladagi 600 ga yaqin xonadonda elektr energiyasi tiklandi.

Qishda asosiy neʼmat – issiqlik. Odamning uyi ilimaguncha koʻngli ham ilimaydi, ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi.  Yunusobodning Chinobod koʻchasidagi koʻp qavatli uylardagi oʻrganishlarda ham shunday boʻldi: aholi isitish quvurlari muzlab, tizim nosoz holga kelib qolganidan shikoyat qilishdi. Murojaatdan soʻng 2 qavatli 7 ta uy, 108 ta xonadon va 960 oʻrinli yotoqxonani isitishga moʻljallangan zamonaviy energotejamkor modul qozonxona oʻrnatib berildi. Bu bilan nafaqat bu xonadonlarga, balki yuzlab odamlar koʻngiliga ham iliqlik kirdi.

 “Ahilobod” mahallasidagi koʻp qavatli uylarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilishi bilan koʻp qavatli 2 ta uyda yashovchi 100 ga yaqin xonadon mushkuli oson boʻldi. Bu jarayonda “Yangibogʻ” mahallasidagi isitish tizimlari ham rekonstruksiya qilindi.

Chilonzorning “Naqqoshlik” mahallasida esa issiq suv quvurlari sovuqqa bardosh berolmay yorilib ketgan ekan. Oʻrganishlar natijasida bu masala ham joyida hal qilinib, issiq suv taʼminoti tiklandi. 

 “Tirsakobod” mahallasidagi koʻp qavatli uylarni issiq va sovuq suv bilan taʼminlovchi magistral quvurlar taʼmirlanishi bilan bu yerda yashovchi 200 ta xonadon va maktabgacha taʼlim tashkilotida hayot yana oʻz  maromiga tushdi. Quvurlar taʼmirlanguncha aholiga maxsus texnikalarda obi hayot yetkazib turildi.

Xuddi shunday murojaatlar asosida “Zarqoʻrgʻon” mahallasidagi koʻp qavatli 5 ta uydagi 300 ga yaqin xonadonni suv bilan taʼminlashga moʻljallangan magistral quvur taʼmirlab berildi. Bu kabi amaliy ishlar “Koʻtarma” mahallasida ham amalga oshirildi. “Katta Xirmontepa” mahallasidagi 23-uy yertoʻlasidagi quvurlar toʻliq almashtirilgach, 72 ta xonadonning ichimlik suvi, issiqlik va oqava suv tizimidagi muammolarga barham berildi. “Al Xorazmiy” mahallasidagi koʻp qavatli ikkita uyda esa muddatini oʻtab, nosoz holga kelib qolgan liftlar yangisiga almashtirildi.

Bu jarayonda ijtimoiy soha obyektlari, birinchi navbatda, taʼlim muassasalarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi muammolar bosqichma-bosqich hal qilib berilmoqda. Aytaylik, Chilonzor tumanidagi har bir umumtaʼlim maktabidagi oʻquv jarayoni, muassasaning isitish tizimi, muhandislik-kommunikatsiya holati “Situatsion markaz” tizimi orqali onlayn kuzatib borilmoqda.

Shu bilan birga bu masalalar joyiga chiqib ham oʻrganilmoqda. Jumladan, 264-maktabning issiqlik tizimi, yertoʻlasidagi quvurlar holati, sinfxonalardagi harorat oʻrganilgach, ayrim muammolar bartaraf etilgach, dars jarayonlariga ruxsat etildi. Ayni paytda maktabda oʻqish uchun yetarli sharoit bor, sinfxonalarda issiqlik maromida.

Umumlashtirib aytganda, davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Chilonzor va Yunusobod tumanlarida “Oqqoʻrgʻon tajribasi” asosida uyma-uy, xonadonma-xonadon tashkil qilingan sayyor qabullarida 3 ming 80 dan ortiq masala koʻrib chiqilib, ularning 2 ming 670 dan ziyodi hal qilindi, qolgan murojaatlar boʻyicha aniq muddat va masʼullar belgilanib, nazoratga olindi.

31.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar