
Farg‘ona viloyati Toshloq tumani aholisi tomorqa dehqonchiligida katta hayotiy tajribaga ega. Xususan, tumandagi «Qanjirg‘a» MFYda 739 ta xonadon bo‘lib, oilalar tomorqalarida 400 dan ortiq issiqxona tashkil etilgan.
Bu issiqxonalarda asosan ko‘katlar va turli sabzavot ko‘chatlari yetishtiriladi.
“Qanjirg‘a” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Adham Hoshimov ham 15 yildan beri o‘z tomorqasidan topayotgan daromad bilan ro‘zg‘or tebratadi.
- 15 sotixli tomorqamizdan yiliga uch-to‘rt marotaba hosil olamiz, - deydi A. Hoshimov. - Oilamizning yil davomida tomorqadan topadigan daromadi 70 million so‘m atrofida bo‘ladi. Shundan to‘ylar qildik, uylar qurdik. Xullas, ko‘rib turganingizdek, tomorqa – xazina manbai.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |