2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi faoliyati poytaxt tumanlarida davom etmoqda

Poytaxtimizning Yunusobod va Chilonzor tumanlari Respublika ishchi guruhi faoliyatining navbatdagi manzillariga aylandi.

Toshkentda 19 yanvar kuni o‘z ishini boshalagan mazkur guruh o‘tgan davr mobaynida aholining yuzlab muammolarini bartaraf etishga ulgurdi.
Jumladan, 17 ta vazirlik va idora rahbarlaridan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi Yunusobod tumani aholisidan kelib tushgan 2 210 ta muammodan 2 112 tasi, ya’ni 96 % shu kungacha hal etildi.
Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Tumandagi elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida 8 ta mobil brigadalar tashkil etilgan. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 2 ta yangi transformator o‘rnatildi, 21 ta transformator ta’mirlandi, 7,3 km elektr tarmog‘i tortildi natijada 174 ta ko‘p qavatli uylar va 5127 ta yakka tartibdagi aholi xonadonlarining energiya ta’minoti yaxshilandi.
Tabiiy gaz ta’minotini oshirish bo‘yicha 19 ta gaz taqsimlagich ta’mirlandi, 13 340 ta aholi xonadonlarining gaz bosimi oshirildi.
Isitish tizimini yaxshilash bo‘yicha 0,3 km. issiq suv quvuri ta’mirlandi, 67 ta ko‘p qavatli uy va 974 ta aholi xonadonlarida isitish tizimi tiklandi.
Tumanning 7 ta maktabga Toshkent shahar hokimligi tomonidan jami 686 mln. so‘mlik kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Chilonzor tumanida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Respublika ishchi guruhi Shtabiga jami 2 203 ta masalada murojaat kelib tushgan bo‘lib, 1 905 tasi, ya’ni 86 % joyida hal etildi. Murojaatlarning 1 653 tasi elektr energiya, 409 tasi gaz ta’minoti, 93 tasi issiqlik ta’minoti va 48 tasi boshqa masalalarda.
Tumanda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 19 ta transformator yangisiga almashtirilib, 15,7 km tarmoq tortildi, 5,9 km past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlandi. 13 ta mahallada 9 ta ko‘p qavatli, 2 ta xonadonning, 1 ta tashkilotning ichimlik suvi ta’minotida mavjud muammolar hal etildi.
378 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari, 195 dona gaz taqsimlash punktlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirilmoqda.

25.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar