Andijon viloyati harbiy prokuraturasi tomonidan Asaka tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Andijon viloyati harbiy prokurori, adliya polkovnigi Abdumalik Abdusamadov rahbarligida tashkil etilgan sayyor qabulda aholi, xususan, harbiylar va oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini eshitish, mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.
Sayyor qabul davomida yoshlar, ayollar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda oila a’zolarining turli masalalar bo‘yicha murojaatlari eshitildi.
Murojaatlarning 6 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal qilindi, ma’lum vaqt talab etadigan 3 ta murojaatni o‘rganish va hal etish mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga yuklanib, ijrosi nazoratga olindi. Bir necha murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul doirasida viloyat harbiy prokurori tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan muloqot o‘tkazdi. Muloqotda harbiy xizmatchilarning, xususan, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimi xodimlarining huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasi, sohada qonun ustuvorligini ta’minlash, bu boradagi muhim vazifalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Sayyor qabul va muloqot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga viloyat harbiy prokuraturasi mutasaddilaridan batafsil javob oldi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |