Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Viloyat prokurori ijtimoiy muammolarni o‘rgandi

Qashqadaryo viloyati prokurori Salom Samadov rahbarligida viloyatning Qamashi tumani 2-sektorida aholining turmush darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish borasida ishchi guruhlar tashkil qilgan holda, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qamashi tumani 2-sektorida 14 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularda 66 ming 842 nafar aholi istiqomat qiladi. Tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan 2-sektordagi To‘qboy, Boybo‘ri, Berdoli va Odoqjonbuz mahallalarida ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi yashash xonadonlarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda kommunal sohadagi muammolar o‘rganildi.

O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, 60 ga yaqin oilalarda turli darajadagi muammolar, asosan ko‘mir, suyultirilgan gaz, uy-joyni ta’mirlash, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlariga talab borligi aniqlanib, ushbu aniqlangan muammolarni tez fursatda bartaraf etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

bugungi kunga kelib 1 ming 500 ga yaqin xonadonga 30 tonna suyultirilgan gaz, 10 tonna ko‘mir, 52 ta xonadonga xizmat ko‘rsatuvchi elektr tayanch ustunlariga 100 metr kabel, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga 5 ta nogironlik aravachasi, 40 ta xonadonga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Viloyat tibbiyot muassasasida 1 nafar fuqaroda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Mahalla hududidagi 0,8 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash maqsadida texnikalar jalb qilinib, qum-shag‘al yotqizilishi ta’minlandi.

Shuningdek, viloyat prokurori ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan, yakka yolg‘iz yashovchi va boquvchisini yo‘qotgan N.G‘afforova, P.Normurodov, A.O‘taganov hamda B.Husanovlar xonadonlariga borib, ular holidan xabar olib, kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi hamda shu kabi jami 40 ta xonadonda yashovchi fuqarolarni ehtiyojmand toifadan chiqarish imkoniyatlariga oydinlik kiritildi.

Bundan tashqari, “To‘qboy” mahallasida joylashgan kasb-hunar maktabidagi noqonuniy qurilish joyida bartaraf etilib, qo‘shimcha aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

11.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar