2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq vakili xalq bilan yuzma-yuz: murojaatlar, muammolar yechimi o‘rganilmoqda

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zi saylangan okruglarda bo‘lib, o‘rganishlar olib bormoqda, aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning muammolarini hal qilish choralarini ko‘rmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Imomova Shahrisabz tumanida bo‘lib, mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida tumanning chekka hududlarida iqtisodiyot, investitsiya, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarga oid infratuzilmalarni o‘rgandi. Maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, mahallalarda bo‘lib, mavjud muammolar bilan tanishdi.

Shuningdek, deputat Shahrisabz shahar axborot kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining mohiyati va ahamiyatini aholiga batafsil tushuntirdi. Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Bundan tashqari, aholining taklif va murojaatlarini tingladi.

Yaroqsiz holdagi bog‘cha binosi mahalliy dasturga kiritildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Emma Aslanovaning Buxoro tumanidagi “Dehcha” MFYda o‘z saylovchilari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida bir qator masalalar bo‘yicha murojaat qilindi. Jumladan, fuqaro Ismat Jamolov hududda dorixona yo‘qligini, qishloq vrachlik punkti ham aholi yashash maskanidan ancha olisda joylashganligini aytib o‘tdi.

Fazliddin Berdiyev esa qishloq ichki yo‘llarining ta’mirtalab bo‘lib qolganini, bu aholining noroziligiga, haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, yuzma-yuz muloqotda mahalla hududidagi 37-maktabgacha ta’lim tashkiloti yuzasidan ham murojaat qilindi. Gap shundaki, mazkur MTTning 2 qavatli binosi bundan ancha yillar oldin barpo etilgan. bugungi kunda esa bog‘cha binosi yaroqsiz holga kelib qolgan. Aholi vakillarining murojaati yuzasidan deputat ushbu MTT binosini ta’mirlash mahalliy dasturga kiritilganligini va u 2024 yilda mukammal ta’mirlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, nosoz qishloq yo‘llarini ta’mirlash masalasi 2023 yilgi dasturga kiritilgan holda hal etilishi aytildi.

Bemor qizga zarur dori vositalari ajratildi

Deputat Mavjuda Hasanova ham Uzun tumanidagi saylovchilar bilan muloqotlar o‘tkazib, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati haqida kengroq ma’lumotlar berdi.

Aholi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar chog‘ida tumanning bir qator mahallalaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi va mutasaddilar bilan birgalikda ularga yechim izlandi. E’tiborlisi, o‘z muammosiga yechim topish ilinjida kelgan hech bir fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmadi. Murojaatlarning salmoqli qismi shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Tumanning 3-sektoridagi “Ulanqul”, “Nurafshon”, “Surxon”, “Fayzova”, “Fayzobod” kabi mahallalar fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning ham aksariyati joyida hal etildi. Xususan, tumandagi “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Shuhrat Haydarov qizi betob ekanligini aytib, uni davolatishda yordam so‘radi. Xalq vakilining tashabbusi bilan fuqaroga qizini davolatish uchun barcha zarur dori vositalari ajratildi.

“Dilkor”ga yangi transformator va simyog‘ochlar o‘rnatiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nazir Sobirov Olot va Qorako‘l tumanlaridagi saylovchilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Olot tumani “Dilkor” mahallasi aholisidan eski simyog‘ochlarni almashtirish va qo‘shimcha transformator o‘rnatish bo‘yicha murojaat bo‘ldi. Deputat soha vakillari hamda mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida ushbu masalani joyiga chiqib o‘rgandi. Yillar davomida hal qilinmagan muammoni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan mutasaddilar mahallaga ikki kundan kechiktirmay yangi transformator va simyog‘ochlar olib kelishga va’da berdi.

N.Sobirov “Kesakli” oilaviy shifokorlik punktida ham bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati va dori-darmon ta’minoti bilan tanishdi. Tibbiy punktda 3 nafar oliy toifali shifokor hamda 22 nafar hamshira ishlaydi. Lekin xodimlarning ish jadvali tartibga solinmagan. Sanitariya holati ham talab darajasida emas. Xalq vakili uchrashuv chog‘ida tibbiyot muassasasida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Mavjud muammolar nazoratga olinib, ularni hal etish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.

Deputatning keyingi manzili 16-umumta’lim maktabi bo‘ldi. Ta’lim maskani direktori Oybek Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, maktab o‘tgan yili “Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lib, ta’mirlash uchun 2 milliard so‘m yutib olgan edi. Maktab ta’mirlandi, ammo sport zali va oshxona masalasi hal bo‘lmadi.

O‘qituvchilar deputat bilan uchrashuvda aynan shu masalani ko‘tarib, yordam so‘radi. N.Sobirov esa vakolati doirasida yordam berishini ma’lum qildi.

Shuningdek, deputat Qorako‘l tumanidagi “Quvvacha” MFYda joylashgan 12-umumta’lim maktabi bilan ham yaqindan tanishdi. Ta’lim muassasasining infratuzilmasi, kadrlar bilan ta’minlanganlik holati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha umumiy tahlil qilindi.

Deputat ko‘magida mahallaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda

Qonunchilik palatasi deputati O‘rol O‘rozboyev Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi “Yangi Diyor”, “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlarda deputat Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, undagi yangi normalar mazmun-mohiyati, uni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi haqida ma’lumotlar berdi.

Yuzma-yuz muloqot jarayonida fuqarolar turli masalalar yuzasidan murojaat qildi. Ularning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlarining yechimi nazoratga olindi. Jumladan, “Yangi Diyor” va “Madaniyat” mahallalari binolarini qurish bilan bog‘liq masala tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘z yechimini topadigan bo‘ldi.

Shuningdek, xalq vakili “Madaniyat” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Ta’kidlash joiz, mahalladagi mazkur xayrli ishlar O‘rol O‘rozboyev tomonidan amalga oshirilgan deputatlik so‘rovining ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihaga 9 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, 9 kilometr masofadan yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortib kelinmoqda. Muloqotlar chog‘ida aholi bu kabi amaliy ishlardan mamnun ekanliklarini bildirdi.

29.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar