Andijon viloyati Baliqchi tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarda yashayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini bartaraf etish, ayniqsa, bandligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Tumandagi 66 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 4 ming 100 nafar ayol “Ayollar daftari” ga kiritilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida ularning barchasiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz 1 ming 319 nafar ayolning bandligi ta’minlandi. Bir guruh ayollarga dehqonchilik qilish uchun ijara asosida 10 sotixdan yer ajratib berildi.
Tumanda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 419 nafar ehtiyojmand xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib, ularga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank hududiy filiallari tomonidan kreditlar ajratildi. Ayni kunda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Tuman hokimi Jasurbek Abduraimov, sektor rahbarlari ishtirokida hokim yordamchilari tavsiyasi asosida subsidiya ajratilgan "Ayollar daftari" da turuvchi 39 nafar ayolga tikuv mashinalari topshirildi.
– Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turmush sharoitini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mohichehra Hojimatova. – Tumanimizda ham bu boradagi ishlar izchil va tizimli ravishda olib borilmoqda. Natijada ko‘plab opa-singillarimizning bandligi ta’minlanmoqda, ularning doimiy daromad manbai shakllantirilmoqda.
Umuman tumanda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ayniqsa, “Ayollar daftari”da turuvchi ehtiyojmand ayollarning doimiy daromad manbaini shakllantirish bo‘yicha yuqoridagi kabi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |