2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi bemorlar holidan xabar oldi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ilk bor ochiq yurakda murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganligi haqida xabar bergan edik.

Toshkentdan kelgan tajribali yurak-qon tomir jarrohi Mustafo Obeyd boshchiligidagi bir guruh yetakchi mutaxassislar va viloyatdagi mahalliy jarrohlar hamkorligida o‘tkazilgan operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi. bugungi kunda bemorlarning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarib, tibbiy holati malakali reanimatologlar va kardiojarrohlar tomonidan nazorat qilinmoqda. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlar ahvolini baholash maqsadida o‘tkazilgan EKG, UTT, Rentgen tekshiruv usullari, laborator tahlil natijalari va jarohatlarning birlamchi holati amaliyotning mukammal darajada o‘tkazilganidan dalolat beradi. Bemorlarning kayfiyati a’lo.  

Albatta bu kabi yutuqlar tibbiyot sohasida olib borilayotgan tizimli  islohotlarning amaldagi ifodasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Viloyatlarda tashabbuskor rahbarlar tomonidan tashkil qilingan bu kabi amaliyotlar tibbiyotning xalq ichiga kirib borishining bir ko‘rinishidir. Zero, odamlarni rozi qilish davlatimiz siyosatining ustuvor maqsadidir.  

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bemorlar holidan xabar olish maqsadida  mazkur filialga tashrif buyurdi. Bemorlarning  oyoqqa turib sog‘ayganligi viloyat hokimini quvontirdi. Bemorlar yaratilgan sharoit va imkoniyatlar uchun Prezidentimizga va tashabbuskor rahbarlarga minnatdorlik bildirishdi.  

– Kelgusida yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarning barchasi Buxoro sharoitida mahalliy kardiojarrohlar tomonidan operatsiya qilinishi kerak,  – deydi viloyat hokimi Botir Zaripov.   – Buning uchun markaz zarur tibbiy texnika, anjomlar va boshqa uskunalar bilan to‘liq ta’minlanadi.    

– Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish samarasi o‘laroq hozirgi kunda og‘ir dardga chalingan, doimiy davolanish kurslarini olib yurishga mansub guruhlar qatoriga kiruvchi bemorlar, vatandoshlarimiz o‘z ona yurtida shifo topish baxtiga erishmoqda, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori, tibbiyot fanlari nomzodi Tohir Musayev. –Filialda kardioxirurgiya xizmatini joriy etish borasida kadrlar salohiyatini oshirish, jahondagi ilg‘or yuqori texnologiyali davolash-diagnostikalarni tatbiq qilish, kam invaziv davo usullari hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy qilish, davolashning sifat va samaradorligini oshirish yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda.  Jumladan, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan kardioxirurgiya va angiografiya xizmatini Buxoro viloyatida keng tatbiq etish uchun zamon talablariga mos “Angioxirurgiya” binosi qad ko‘tarmoqda.    

 

21.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar