Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Namangan tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda

Namangan tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari, tumandagi mahallalar raislari va masalaga aloqador boshqa mas’ullar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xotin-qizlar hamda gender tengligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, doimiy tartibda ishlovchi senator  Mahmud Parpiyev, Xalq deputatlari Namangan tuman hokimi o‘rinbosari Jamshid Akbarov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. Tuman hokimining o‘rinbosari J. Akbarov yuqoridagi qaror ijrosi doirasida tumanning tegishli hududlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Senator Mahmud Parpiyev mazkur ishlarning o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishi borasida aniq hamda manzilli choralar ko‘rilishi borasida atroflicha fikrlar bildirdi. Unga ko‘ra tumanning  “Boston” mahallasini ko‘chalarida jami 1.2 km shag‘allash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda «Namangan tumani yo‘llardan foydalanish» unitar korxonasi tomonidan shag‘allash ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar tumandagi shag‘allash rejalashtirilgan 25.9 km yo‘llardan 12.8 km yo‘l shag‘allab bo‘lindi.  

20.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar