
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Qo‘shqo‘noq mahallasidagi ta’mirtalab yo‘llar “Tashabbusli byudjet” platformasida ovoz to‘plash orqali ta’mirlanib, mahalla ahlining ko‘p yillik orzusi ushaldi.
Qushqo‘noq mahallasi Shahrixon tumani markazidan 15 kilometr olisda joylashgan. 3 ming100 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.
– Mahallamizdagi eng og‘riqli muammolardan biri ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi edi, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Zuhriddin Qodirov. – Ayniqsa, mahalladagi “Ziyolilar” ko‘chasi yo‘llarining nosozligi, qishda loy, yozda chang ekanligi odamlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan edi.
Mazkur mahalla ahli “Tashabbusli byudjet” loyihasida faol ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi. Natijada mahalladagi qator muammolar ijobiy hal etildi. Shahrixon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi yo‘lsozlari tomonidan mahallaning “Qo‘shqo‘noq”, “Ziyolilar” ko‘chalaridagi 1,5 kilometr masofadagi yo‘l asfaltlandi, 2,5 kilometr masofadagi “Yuksalish” ko‘chasi esa shag‘allandi. Bundan tashqari, “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida mazkur ko‘chaning qariyb 1 kilometr qismi asfaltlanmoqda.
Shuningdek, mahalla hududiga 1 ta yangi transformator, 123 ta zamonaviy beton tayanchlar o‘rnatilib, 3 ming 480 metr yangi elektr tarmog‘i tortish hamda loyiha qiymati 800 million so‘m bo‘lgan mini-stadion qurilishi yakuniga yetkazilmoqda.
Mahallaning ko‘chalari ta’mirlanib, kundan-kunga obod maskanga aylanayotganidan odamlarning quvonchi cheksiz. Bu kabi xayrli ishlar fuqarolarning ertangi kunga bo‘lgan ishonch va umidini oshirmoqda, bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |