
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi 9 ta hududda aholi murojaatlari keskin oshganligi ta’kidlandi.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xolmaxmatovning hisoboti tinglandi. Qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida viloyat fuqarolaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar soni 2021 yilning 9 oyiga nisbatan 104 ming 685 taga kamaygan. Murojaatlarning 80,1 foizi qanoatlantirilgan, shundan 40,6 foizi ijobiy hal etilgan. Aholidan kelib tushgan murojaatlar Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Parkent, Chinoz, Yangiyo‘l va Toshkent tumanida keskin oshgan.
Deputatlar bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish, fuqarolardan kelib tushayotgan har bir muammoni tizimli ravishda o‘rganish lozimligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng Toshkent viloyati hokimligi Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i K.Ermuhammedovaning sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari atroflicha tahlil qilindi.
Masalan, joriy yil 14 sentyabr kuni Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 190 nafar fuqaro tomonidan yo‘llangan 228 ta murojaatning 220 tasi tizimli ravishda ko‘rib chiqilgan. Shundan 52 tasi ijobiy hal etilgan. Shuningdek, 81 ta masala bo‘yicha huquqiy maslahat, 81 tasiga tushuntirish berilgan, 3 tasi rad etilgan va 2 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan.
Hozirgacha 8 ta masalaning qonunda belgilangan 30 kunlik muddati buzilgan bo‘lib, unga mas’ul bo‘lgan mutasaddilarga tegishli chora ko‘rilmagan.
Sessiyada Zoyir Mirzayev fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganishda deputatlarning faolligini oshirish lozimligini ta’kidladi. Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan ayrim tadbirlarni moliyalashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |