
Ellikqal’a tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev tomonidan Ellikqal’a, Beruniy, To‘rtko‘l hamda Amudaryo tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda asosan aholini qiynab kelayotgan bandlik, tibbiy yordam, kommunal xizmat, uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyati kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar qilindi. 284 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 124 tasi joyida ijobiy hal etildi. Muddat talab qilinadigan murojaatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi nazoratga olib, ijrosi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Amudaryo tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidan Zuhra Rahimovaning turar joyi ta’mirtalab ekanligi bo‘yicha murojaati ijobiy hal etilib, ta’mirlash uchun 30 million so‘m mablag‘ ajratildi. Shuningdek, To‘rtko‘l tumanidan Xurshida Abdullayevaning murojaati bo‘yicha bir yillik shartnoma puli to‘lab beriladigan bo‘ldi. Beruniy tumani Markaziy mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Jeren Rajapovaning farzandini davolatish uchun moliyaviy yordam so‘ragan murojaati ijobiy hal etildi.
Ellikqal’a tumanidan 9 nafar talaba yosh shartnoma pulining 50 foizi to‘lab berilgan bo‘lsa, 20 nafar xotin-qizning subsidiya asosida bandligi ta’minlanadigan bo‘ldi.
Har bir murojaat ortida inson taqdiri bor. Shunday ekan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili asosidagi amaliy ishlar davom etadi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi birinchi o‘rinbosari U.Muhammadiyev ishtirok etdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |