
Fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi murojaatlarini hal etish maqsadida 8 oktyabr kuni sog‘liqni saqlash, tibbiyot hamda ijtimoiy himoya tizimidagi idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimliklari, hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabul o‘tkaziladi.
Aholi bilan ochiq muloqotda Vazirlar Mahkamasining ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi,Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, «Dori-darmon» AJ, Toshkent shahri va tumanlari hokimlarining ushbu sohaga mas’ul o‘rinbosarlari hamda boshqa idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.
Ommaviy qabul joriy yilning 8-oktyabr kuni soat 10:00da Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida o‘tkaziladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |