2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallabay tizimi samaralari

Jizzax viloyati uchinchi sektor rahbari, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov ishni mahallabay tizimi asosida tashkil etgan.

G‘allaorol tumani “Oqtosh” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan o‘tkazilgan navbatdagi muloqotda ham mavjud  muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Sektor rahbari dastlab tijorat banklari tomonidan 33 million so‘mdan ajratilgan kredit mablag‘i evaziga fuqarolar tomonidan barpo etilgan issiqxonalar faoliyati bilan tanishdi. Oqtoshlik fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, issiqxonalardagi ahvol, ekinlar parvarishi, kredit mablag‘larining to‘g‘ri yo‘naltirilishini o‘rgandi.

O‘z uyida tikuvchilik sexini ochgan Mavjuda Abdullayeva xonadonida bo‘lib, u yerdagi tikuvchi xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu tikuvchilik sexi Marjonbuloq shaharchasida joylashgan kichik korxonaning bo‘limi hisoblanadi. Tadbirkor Yulduz Tog‘ayeva boshqarayotgan Marjonbuloqdagi kichik korxonada “Oqtosh” bo‘limida mehnat qilayotganlar bilan qo‘shib hisoblaganda 50 kishi mehnat qilmoqda. Jamoa a’zolari tomonidan kuniga 250 dona erkaklar kurtkasi tayyorlanib, mahsulotning bir qismi Tojikistonga eksport qilinayotgan bo‘lsa, qolgan qismi buyurtma va ichki bozorda sotilmoqda.

G‘ayrat Qodirov qishloq tadbirkorlari bilan uchrashib, muammolari bilan qiziqdi, ishlab chiqarish jarayonlari, ish o‘rinlari, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi va ularga har tomonlama yordam ko‘rsatilishini bildirdi. “Oqtosh” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. 

Shu kuni 3 kishiga nogironlik aravachasi, “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 2 kishiga haydovchilik kursida o‘qish uchun yo‘llanma, 5 nafar talabaga oliy ta’lim muassasasi kontrakt to‘lovining to‘langan, yana 2 kishiga issiqxona barpo etish uchun kredit ajratilganligi haqida sertifikatlar, bundan tashqari, ehtiyojmand 2 oila farzandiga maktab formasi topshirildi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan oqtoshlik yoshlar rag‘batlantirildi. 

Aholi bilan o‘tkazilgan sayyor qabulda G‘allaorol tumani hokimligi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan tuman hokimi yordamchisi va yoshlar ishlari agentligi vakili hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdi. Murojaatchilar ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, turar joy qurish, dehqonchilik va fermerlik bilan shug‘ullanish uchun yer maydoni ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tibbiy va moddiy ko‘mak olish, ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan talab va takliflarini bildirdi. 

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tibbiy va moddiy ko‘mak olish masalalari shu joyning o‘zida ijobiy hal qilindi. Qolgan masalalar tegishligiga ko‘ra  mutasaddilarga yuklatildi va ijro muddatlari belgilandi. 

So‘ng “Oqtosh”dagi bir necha turar joy va ko‘chalarda sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalar o‘rganildi va muammolarni hal etishga doir “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

G‘ayrat Qodirov G‘allaorol tumani “Katta qizil buloq” qishlog‘idagi Forish hamda Samarqand viloyatining Payariq tumanlari bilan bog‘lovchi yo‘lni ta’mirlash ishlari bilan ham tanishdi.

03.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar