
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Samarqand shahrida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulida tuman va shaharlardan kelgan 1085 nafar fuqaro 2730 ta muammo, taklif va mulohazalarini bildirdi.
Murojaatchilar Samarqand shahri, Pastdarg‘om, Payariq va Samarqand tumanlaridan, ayniqsa, ko‘p bo‘ldi. Ularning murojaatlarini viloyat hokimi va sektorlar rahbarlari, ellikdan ortiq viloyat tashkilotlari mas’ullari hamda 7 tuman va shahar hokimi qabul qildi. Fuqarolar asosan yo‘l qurilishi, elektr ta’minoti, subsidiya asosida uy-joy ajratilishi, ishsizlik masalalarida murojaat qildi.
Jumladan, Paxtachi tumani Saroy mahallasida istiqomat qiluvchi Bahodir Shodiyev mahallasidagi simyog‘ochlar avariya holatida ekanligi, eski transformator esa aholining ehtiyoji uchun yetarli elektr energiyasi yetkazib berolmayotganini aytib, shikoyat qildi.
Viloyat hokimi “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mas’ullariga mahalladagi eski simyog‘ochlar o‘rniga temir-beton ustunlar o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, mahallada mahalliy byudjet hisobidan yangi transformator o‘rnatiladigan bo‘ldi.
Samarqand tumanining Yangi joy mahallasida yashovchi Rustam Umarov mahallasidagi kichik, sharoiti og‘ir maktab o‘rniga yangisini qurish yuzasidan viloyat hokimiga murojaat qildi. Bulung‘urlik Shoxruh Qo‘ziboyev esa o‘ziga tegishli yerda mini-futbol maydonchasini qurish uchun kredit so‘radi.
Viloyat hokimi ikkala murojaatni ham o‘rganib chiqib, ijobiy hal qilish uchun mas’ullarga yo‘naltirdi. Sayyor qabul davomida qayd etilgan barcha murojaatlarga mas’ullar biriktirilib, bir haftalik muddat bilan ijrosi nazoratga olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |