2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Maqsad aholi daromadini oshirish

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Kumushkent ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida har yili 3 mingga yaqin fuqarolar ipak qurti boqish bilan bog‘liq mavsumiy ishga jalb etiladi. Shuningdek, korxonaning o‘ziga 100 dan ortiq ishchi-xodim mehnat qilmoqda.

Ipakdan olinayotgan ip sifati ko‘p jihatdan ishchi-xodimlarning mehnatiga bog‘liq bo‘ladi. Korxonadagi ishchilarning aksariyatini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularning ishga olib kelish, ishdan so‘ng uylariga etib qo‘yish uchun avtobus ajratilgan. Ikki mahal issiq ovqat beriladi.

Ishga zamonaviy yondashuvlar korxonaning eksport salohiyatini oshirmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Eron va boshqa xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.

– Korxonamizga tumandagi “Ayollar” daftari, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan 100 ga yaqin fuqarolar pilla yetishtirishga jalb qilinadi, – deydi “Kumushkent ipagi” MCHJ rahbari Shabon Hojiyev. – Ularning mavsumiy bandligi ta’minlanadi. Ishchi xizmatchilarga 2 million 500 ming so‘mdan 3 million 500 ming so‘mgacha ish haqi to‘lab berilmoqda. Shuningdek, ishchi-xizmatchilarni rag‘batlantirish maqsadida har chorakda, bayramlarda qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari beriladi.

Kelgusida korxonada ishlab chiqarishni takomillashtirib, chet eldan zamonaviy dastgohlarni olib kelib, pilladan tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Korxonada ro‘molcha tikish sexi ham ochilgan bo‘lib, unda o‘n nafar xotin – qiz ish bilan taminlangan.

20.09.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришИшонч телефони5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar