2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod manzillarda bayram shukuhi

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan katta o‘zgarishlar va islohotlar natijasini nafaqat shahar va tuman markazlari, hattoki eng chekka qishloqlar aholisi ham teran his qilmoqda.

Inson qadri ulug‘, uning qadr-qimmati yuqori ekanligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. Buni qoraqalpog‘istonliklarning yuqori kayfiyati, bugungi farovon hayotdan roziligi misolida ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 5-17 sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritilgan 28 ta mahallada el suygan san’atkorlar, yosh iste’dod egalari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida turli madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. Aholi kayfiyatini ko‘tarish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga hissa qo‘shish bilan birgalikda aholiga madaniy va ma’naviy dam olishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlarda mahalla ahli ham faol ishtirok etmoqda.

– Mahallamizda taniqli san’at ustalari tomonidan konsert dasturlari tashkil etilmoqda, – deydi “Altin jag‘is” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Dauletbay Matirzayev. – Bundan xalqimizning quvonchi cheksiz. Farzandlarimizning shodligini so‘z bilan yetkazish qiyin. Mahallamizda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari natijasida ko‘chalar asfaltlanib, chiroqlar o‘rnatildi.

Bugun Nukus shahrining qaysi bir mahallasiga bormang, bu yerdagi odamlarning yuzlarida quvonch va minnatdorlik ko‘rinadi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy mohiyati ham odamlarni rozi qilish, xalqimizning farovon hayotini ta’minlashdir.

– Hududimiz namunali mahallalardan hisoblanadi, – deydi “Nao‘qanbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Zamira Aytbayeva. – Prezidentimizning yoshlarimizga bo‘lgan alohida e’tibori natijasida Guljamol Saparbayeva imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi. Maktab bitiruvchisi Allambergen Atabayev yuqori ball bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga o‘qishga kirdi.

Xalqimizning quvonchiga quvonch qo‘shishni maqsad qilgan madaniyat sohasi hodimlarining biri diltortar qo‘shiqlar ijro etsa, boshqasi “olamo‘ynoq“ dutorini qo‘liga olib, dillarni yayratadi. Yana biri hazil-hangomalari bilan odamlarga kulgu bag‘ishlaydi.

– Yurtdoshlarimiz bilan yaxshi kunlarida birga bo‘lib, shodligini baham ko‘rish biz uchun katta baxt, – deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Qoraqalpog‘iston xalq artisti O‘mirbay Qosimbetov. – Prezidentimizning har bir safari qoraqalpog‘istonliklarning hayotiga katta yangiliklar olib kirmoqda. Bu yurtboshimizning qoraqalpoq xalqiga bo‘lgan mehr-muhabbati va e’tiboridan dalolat beradi. Xalq orasida yurib, bugungi o‘zgarish va bunyodkorlik ishlarning barchasi xalqimizning farovon hayoti uchun ekanligining guvohi bo‘lmoqdamiz.

Albatta, inson qadri ulug‘langan yurtda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar xalq manfaati uchun xizmat qiladi va ularning farovon hayotida namoyon bo‘ladi. Obod manzillarda bayram nafasi kezib, tinchlik va totuvlik, muhabbat va do‘stlik qo‘shiqlari davom etmoqda.

17.09.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar