Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov tashabbusi bilan ehtiyojmand, turmush tarzi og‘ir oilalarning bemor bolalarini saxovatpesha tadbirkorlar homiyligida davolash g‘oyasi ilgari surildi.
–Hamkor tashkilotlar tomonidan o‘rganishlar natijasida tumanda 1-10 yoshli bolalar o‘rtasida tug‘ma yurak nuxsoni(porogi), yurak yetishmovchiligi yoki boshqa kasalliklar bilan og‘rib, yuqori darajali jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan 200 dan ortiq xasta o‘g‘il-qiz aniqlandi,–– deydi tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Marat Ro‘ziyev. –Dastlabki bosqichda nisbatan og‘ir 22 nafar bemor bola saralab olindi. Ularga saxovatpesha homiy tadbirkorlar biriktirildi. Zudlik bilan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan jarrohlik amaliyotlari uchun 25 million so‘mdan 80 million so‘mgacha, umumiy qiymati 1 milliard 100 million so‘mdan ziyod mablag‘ tegishli tibbiyot muassasalari hisob raqamiga ko‘chirib berildi.
Xayrli loyiha asosidagi bu jarrohlik amaliyotlari ota-onalar talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Toshkent pediatriya tibbiyot oliygohida, “AKFA MEDLINE” tibbiyot markazida, Samarqand hamda Xorazm tibbiyot oliygohlari klinikalarida yuqori darajada o‘tkazildi. Jumladan, 2014 yilda Buktaroy mahallasida tug‘ilgan Mironshoh Ramazonovda tug‘ma yurak nuqsoni –tetradosallo tashxisi bilan tezkor jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun hududdagi “Sadbarg” hamda “E’zoz mebel” MCHJ lari tomonidan poytaxtdagi “AKFA MEDLINE” tibbiyot markazi hisob raqamiga talab qilingan 45 million so‘m mablag‘ bir kunda o‘tkazib berilgan.
“G‘olib klaster” MCHJ hamda neft-gaz burg‘ulash tashkiloti 2015 yilda Qoraxoni mahallasida tug‘ma yurak nuqsoni – qorinchalararo tug‘ma to‘siq defekti bilan tug‘ilgan Mirfayz Mamasharipovning jarrohlik amaliyoti uchun homiylik yordamini ko‘rsatdi. Operatsiyaga zarur bo‘lgan 47,5 million so‘m mablag‘ respublika Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga o‘tkazildi.
Muhimi, yuqoridagi barcha murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tdi. Endilikda ular bir yil mobaynida tuman tibbiyot birlashmasining nazoratida davolanish–tiklanish bosqichini o‘taydi. Sog‘lom hayotga qaytganlaridan so‘ng kasalliklar bilan og‘rigan bolalar ro‘yxatidan chiqariladi.
Mana shunday saxovatpesha insonlar tomonidan sog‘lom hayotga qaytayotgan bolalar va ularning ota-onalari ya’ni 22 ta oila vakillari tuman hokimligida jam bo‘ldi. Ular xalqimizga xos xayr-saxovat yo‘li bilan nuridiydalarini davolashda beminnat yordamini ayamagan barchaga, tuman hokimligi va tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z minnatdorligini bildirdi. Mo‘’tabar otaxon va onaxonlar qo‘llarini duoga ochib, yurtimiz tinchligi, yurtdoshlarimiz baxti-saodatini tilab, har bir xonadonda salomatlik hukmron bo‘lishini, oramizdan mehr-oqibat ko‘tarilmasligini so‘rab niyat qilishdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Sherzod Ashurov tashabbuskor tadbirkorlarga o‘z minnatdorligini bildirdi. G‘ijduvon tumanida ular bilan birgalikda mehr-muruvvat va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar qalbiga quvonch ulashishdek xayrli tadbirlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |