2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod bo‘layotgan hududlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi mahallalarda keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlardagi muammolarni bartaraf etish, aholining yashash sharoitini yaxshilash, ularning bugungi kundan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash uchun muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Nukus shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Baxtbay Qalilayev. – Shundan 28 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 457 ko‘chani ta’mirlash, qum-shag‘al aralashmasi yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlarning borishi nazorat qilib borilmoqda. Temir yo‘l orqali olib kelinayotgan qum-shag‘al aralashmasi joylarga yetkazib berilmoqda. Har bir kundan unumli foydalangan holda ekskovatorlar, turli rusumdagi yuk avtomashinalari ishlayapti. Maqsad, aholi uchun qulay sharoit yaratish, ularning bugungi kundan rozi bo‘lib yashashini ta’minlashdan iborat.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bundan tashqari 8 ta mahalla fuqarolar yig‘ini og‘ir hududga kiritilgan bo‘lib, ularda ham qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shundan "Janabazar", " Amudaryo", "Chimboy guzari" mahalla fuqarolar yig‘inlarida ishlar oxiriga yetay deb qoldi. Ushbu hududlardagi turar joylar tartibga keltirildi, yo‘llarga asfalt yotqizildi, tungi yoritkichlar o‘rnatildi. Har bir hududda bolalar o‘yin maydonchalari, kutubxona, sport maydonchalari barpo etilib, aholi manfaati uchun foydalanishga topshirildi.

Obod bo‘lgan hududlarda taniqli san’atkorlar, madaniyat va san’at sohasi xodimlari, olimlar, yozuvchi va shoirlar, nuroniylar, iqtidorli yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Tadbirlarda hududlarning avvalgi holati, xalqni qiynab kelgan muammolar, bugungi kunda yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritilmoqda. Ushbu ishlarning barchasi birinchi navbatda inson, uning yaxshi yashashi uchundir. Shu bilan birga mamlakatimizda hukm surib turgan tinchlik, bir oila a’zolaridek yashab kelayotgan xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning natijasidir.

– Biz yashab kelayotgan hududda o‘ziga xos muammo va qiyinchiliklar ko‘p edi, – deydi "Janabazar" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Gulchehra Sultanova. – Ayniqsa yog‘in-sochinli kunlarda ko‘chalarda yurish qiyin edi. Kommunal xizmatlarda tez-tez uzilishlar bo‘lib, farzandlarimizning maktabga qatnashi qiyin bo‘lib qolardi. Bolalarning bo‘sh vaqtlarida o‘ynaydigan birorta joy yo‘q edi. Boshqa hududlardagi sharoitlarni ko‘rib farzandlarimiz havas qilardi. Hattoki ayrim qo‘shnilarimiz boshqa joyga ko‘chib ketishni ham niyat qilgan edi. Mana qisqa vaqtning ichida olib borilgan qurilish hamda obodonlashtirish ishlarining natijasida bugun mahallamizga boshqalarning havasi kelmoqda. Ko‘pdan buyon bu yerda bo‘lmagan kishi hattoki tanimay qolishi ham mumkin.

Birgina "Janabazar" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 16.1 kilometr elektr tarmog‘i tortilib, 437 ta tayanch ustuni, markaziy ko‘chalarga 350 ta tungi yoritkich chirog‘i o‘rnatildi. 2.3 kilometr ichimlik suvi quvuri, 22 ta ko‘chaga internet tarmog‘i tortildi, 42.8 kilometr gaz tarmog‘i tartibga keltirildi, 5 kilometr ko‘chaga asfalt yotqizildi. Ayniqsa, bolajonlarning quvonchi cheksiz. Ular uchun 2 ta mini futbol, 1 ta voleybol, 1 ta basketbol, 5 ta bolalar maydonchasi qurildi.

Hudud aholisini ish bilan ta’minlash maqsadida 1 ta tikuv sexi, 1 ta go‘zallik saloni hamda kutubxona tashkil etildi.

Bu boradagi ishlar Nukus shahrining Jayhun, Juo‘azshi, Qumbiz ovul, Qutli makon, Arnasay kabi mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida ham davom etmoqda.

15.09.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar