
Toshkent viloyatining barcha hududlarida ehtiyojmand aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay sharoit yaratish borasida samarali ishlar qilinyapti.
Birgina O‘rta Chirchiq tumanining "Farovon" mahallasida barcha qulayliklarga ega to‘rt qavatli uy-joylar 44 ta ehtiyojmand oilaga berish uchun ajratilgan edi.
Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayevning tashabbusi bilan amalga oshirilgan mazkur xayrli tadbirda O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Qosimov, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan xonadonlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Bu kabi insonparvarlik va g‘amxo‘rlik mamlakatimizda barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun ekanining ifodasidir.
Uylarni topshirish marosimi sunnat to‘ylariga ulandi. Tashkilotchilar tomonidan 17 nafar bolaning har biriga velosiped va sovg‘alar ulashildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |