Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Ehtiyojmand xotin-qizlarga reabilitatsiya vositalari topshirildi

Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga reabilitatsiya vositalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

68 yoshli Mavluda opa Davlatova revmatoid poliartrit bilan og‘riganiga ko‘p yillar bo‘ldi. Ahvoli og‘irlashib, yurishga qiynaladigan bo‘lib qolgach, nogironlik aravachasiga ehtiyoj paydo bo‘ldi. O‘zi yashaydigan mahalla xotin-qizlar faoliga yordam so‘rab murojaat qildi. Mahalla faoli o‘z navbatida reabilitatsiya vositasiga zarurati bo‘lgan ayollar ro‘yxatini shakllantirish jarayonida Mavluda opani ham ro‘yxatga qo‘shdi. Ehtiyojmandlarga nogironlik aravachalari topshirildi.

– Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har chorakda ehtiyojmand xotin-qizlarga tegishli tartibda reabilitatsiya vositalari ajratish yo‘lga qo‘yilgan, – deydi Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Mansur Isoqov. – Shu kunga qadar jami 154 xotin-qizga reabilitatsiya vositalari berish orqali amaliy yordam ko‘rsatildi.

Jumladan, 38 ta kattalar, 4 ta kichkinalar uchun aravacha, 5 ta qo‘ltiqtayoq, 40 ta hassa, 35 ta kattalar eshitish moslamasi, 7 ta bolalar eshitish moslamasi, 10 ta yurish moslamasi, 2 ta kattalar uchun tirsakli qo‘ltiqtayoq, 4 ta ko‘zi ojiz kattalar uchun hassa, 1 ta ko‘krak protezi, 2 ta kattalar uchun korset, 4 ta 4 oyoqli yurish moslamalari berildi.

26.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar