2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Kredit ololmagan tadbirkor, suv bilan bog‘liq 30 yillik masala, jarrohlikka muhtoj fuqaro – Farg‘onada muammolar qanday hal etilmoqda?

Joriy yilning o‘tgan davrida Farg‘ona viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasiga viloyat aholisidan 73 ming 148 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 69 ming 115 tasi ko‘rib chiqilgan.

36 ming 490 tasi yoki 52,7 foizi ijobiy hal qilingan, 30 ming 970 dan ziyod yoki 44,8 foiz masalaga huquqiy ma’lumot va tushuntirish berish orqali yechim topilgan bo‘lsa, yana bir qism murojaatlar uzoq muddatli nazoratga olingan.

Deylik, Rishton tumanining Polvonobod qishlog‘ida 1960 yillarda qurilgan bir shiypon anchadan beri bo‘sh turgan. Shu qishloqlik tadbirkor Ikromjon Mamatqulov bu yerda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida yangi bino qurish taklifi bilan chiqdi. Bu masala ham shu yerda o‘rganilib, hal qilingach, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Ayni paytda yangi binoni qurish ishlari boshlangan. Binoning asosiy qismida mahalla idorasi joylashsa, yerto‘lasida chevarchilik korxonasi tashkil qilinadi, bo‘shagan maydonda esa muzlatgichli omborxona bunyod qilinadi. Bu bilan mahallada o‘nta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bag‘dodlik 23 yoshli tadbirkor Sherzodbek Abduxalilov tumandagi kichik sanoat zonasida ixcham inkubatorlar, muzqaymoq, ko‘mir briketlari va kir yuvish vositalari tayyorlash uskunalariyu dastgohlarini ishlab chiqarmoqda. Birgina «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab 300 dona inkubator yetkazib berildi.

Bu yil yosh tadbirkor faoliyatini kengaytirish uchun bankdan kredit olmoqchi bo‘ldiyu, ishi hadeganda bitavermadi. O‘sha kunlarda davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazdi, bu masala qabulning o‘zida ko‘rib chiqilib, hal qilindi. Tadbirkorga yaqinda 350 mln. so‘m kredit berildi. Bu mablag‘ evaziga xorijdan tokarlik stanogi, payvandlash dastgohlari xarid qilindi. Ayni kunlarda yangi uskunalar mamlakatimizga olib kelinmoqda. Bu bilan qishloqdagi yana 12 nafar inson doimiy ishli bo‘ladi.

Murojaatlar asosida nainki tadbirkorlik, balki yo‘l, suv, elektr energiyasi kabi odamlar turmushidagi eng birlamchi masalalarga oid murojaatlar ham joyiga chiqib o‘rganilib, muammolar aholi va sektorlar bilan kengashilgan holda hal qilib berilmoqda.

Deylik, Buvayda tumanining biroz chekkaroq, markazdan uzoqroq hududi – "Cho‘taka" mahallasida 30 yildan buyon ichimlik suvi muammo, ko‘chalar loy, chang edi. «Edi» deganimizki, shu paytgacha noravon ko‘chalardan 3 km. yo‘l bosib suv tashib ichgan cho‘takaliklar shu masalalarga yechim so‘rab murojaat qilgach, 900 ta xonadonni qiynab kelayotgan mazkur muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Quvasoy shahrining «Qal’acha» mahallasi aholisi murojaatlari asosida hududdagi 14 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi ham kun tartibida turgan edi. Bu bo‘yicha ham taklif tayyorlab berilgach, mahalliy dastur asosida ajratilgan 76 mln. So‘m evaziga 1,4 km. tarmoq tortilib, 14 xonadonga obi-hayot kirib bordi. O‘rganishlar asosida hududdagi eskirgan simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirilib, 450 metr elektr tarmog‘i tortilib, elektr ta’minotidagi masala ham ijobiy hal etildi.

Qo‘qonlik Ilhomjon Turdiyev hikoyasi yetti jondan iborat oila taqdiriga tutash. Ilhomjon aka ikki yil avval rafiqasini so‘nggi yo‘lga kuzatdi. Ikki farzandida nogironlik bor, bir qizi turmushidan ajrab, ikki farzandi bilan ota uyiga qaytgan. Boz ustiga, nevaralaridan biri ham tug‘ma nogiron. Yana bir o‘g‘li 30 yoshga qarab ketyaptiki, uni uylash, oilali qilishga uy-joy muammo bo‘lib turgan edi. Sababi, yetti jon 3 xonali kvartiraga tiqilib yashardi. Ayni masaladagi murojaat joyiga chiqib o‘rganilgach, ularga ijtimoiy uy ajratildi. Oila boshlig‘i ikki qizi va ikki nevarasi bilan yangi xonadonga ko‘chib o‘tdi.

O‘rni kelganda, aytish kerakki, yaqinda Qo‘qonning «Temir Malik» ko‘chasida qurib foydalanishga topshirilgan ko‘pqavatli uyning birinchi qavatidagi 8 ta xonadon nogironligi bor shaxslarga ajratib berildi.

Qo‘qonlik ikki Ulug‘bek Yo‘ldoshev 16 yoshda yurak xastaligiga uchragan, nogironlik nafaqasi hisobiga kun kechirmoqda. Yurak jarrohligini o‘tkazishga esa, tabiiyki, imkon qilolmadi.

Ayni shunday og‘ir pallada davlatimiz unga yordam qo‘lini cho‘zdi. Murojaati asosida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan 40 mln. so‘m ajratilgach, murakkab yurak jarrohligi amaliyoti o‘tkazildi. Endi Ulug‘bek kundan-kun sog‘ayib bormoqda.

Murojaatlar asosida muammolarni hal qilish borasidagi Prezident Xalq qabulxonalarining barcha amaliy sa’y-harakatlari ezgu g‘oya ijobatiga xizmat qilmoqda.

22.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar