2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Navbatdagi ommaviy qabullar Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tdi

Prezident Xalq qabulxonalarining Toshkent viloyatidagi bu galgi qabullarida Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Xalq ta’limi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, turli sohalarga oid yigirmaga yaqin respublika idoralari va tashkilotlari, viloyat sektorlari rahbarlari har bir murojaatni sinchiklab o‘rganmoqda.

Masalan, Chinoz tumani Olmazor qo‘rg‘onida faoliyat yuritayotgan “Pronto Textile Group” to‘qimachilik korxonasida har yili o‘rtacha 10 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Ammo buyurtmachi tashkilotlardan biri shartnomaga ko‘ra 15 foiz to‘lovni oldindan amalga oshirib, mahsulotni to‘liq olsa-da, 600 mln. so‘mni bermay yurgan ekan. Korxona direktori o‘rinbosari Rustam Rahmatov qabulda Bosh prokuratura mas’ullaridan ayni shu masalani hal qilishda amaliy yordam so‘ragach, muloqot asnosida bu muammoga ham yechim topildi.

Chinozlik Ozoda Rahimova xonadonida sartaroshxona ochishni niyat qilganu, sarmoyasi yo‘qligidan qiyin vaziyatga tushib qolgan ekan. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi mas’ullari bilan muloqotlardan so‘ng istak va imkoniyatlar bir nuqtada birlashdi. Ayolga biznes rejasini amalga oshirishi uchun subsidiya ajratiladigan bo‘ldi.

Chinoz tumani hokimining «Gulzorobod» mahallasidagi yordamchisi O‘ktam Zohidov esa o‘z faoliyatida duch kelayotgan ayrim masalalar yechimi bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ullaridan huquqiy maslahat so‘radi.

Muloqotlar maydonida o‘tgan galgi ommaviy qabullarda masalalari hal qilingani uchun minnatdorlik bildirish uchun kelgan ko‘plab fuqarolarni ham uchratdik. Sirdaryolik Shahodat Sariboyeva o‘tgan yili qo‘ni-qo‘shnilari bilan Chinoz tumanidagi klasterlaridan birida g‘o‘za chopiq qilib, ish haqini ololmagach, xuddi shunday qabulda shikoyat bilan kelgan edi. Murojaatdan so‘ng prokuratura organlari ularning huquqlarini himoya qilib, jami 24 kishiga ish haqlari undirib berildi.

Yangiyo‘llik Mirolim Fozilov Ichki ishlar vazirligi mas’ullariga murojaati asosida adolat qaror topganini aytdi. Gap shundaki, u bir tanishidan mulk sotib olmoqchi bo‘lib, anchagina pul bergan, so‘ng kelishuv barbod bo‘lib, ham mulksiz, ham pulsiz qolgan. Firibgarga aldanganini bilgach, Ichki ishlar vazirligi mas’ullariga murojaat qilgach, Mirolimga mablag‘i to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.

Chinozlik Feruza Yo‘lchiyeva turmush o‘rtog‘i va qaynotasi vafot etgach, yoshgina bolasi bilan yolg‘iz qolgan. Ta’mirga muhtoj uy-joyi epini qilolmagan ayol shunday qabullarda amaliy yordam so‘ragach, 2-sektor ko‘magida ichki imkoniyatlar hisobidan uning uy-joyi ta’mirlab berilibdi.

IQTISODIY MASALALAR...

Qabullar davomida ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy masalalarga ham yechim topildi. Deylik, Chinoz tumani «Yo‘ltushgan» mahallasida yashovchi Baxtiyor Ahmedov mahalladagi 362 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘radi. O‘rganishlar bu borada dastur asosida loyiha tayyorlanganini, faqat moliyalash masalasi hal qilinmaganini ko‘rsatdi. Viloyat hokimligi tez orada mazkur loyihani moliyalashtiradigan, pirovardida 362 ta xonadon obi-hayot bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Chinoz tumani Olmazor qo‘rg‘onida yashovchi Matluba G‘afforova murojaatidan so‘ng Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi viloyat boshqarmasi mazkur hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘lagi qurish masalalarini hal qilib beradigan bo‘ldi.

Chinozlik opa-singil Ruxshona va Gulasal Hamidullayevalar yaqinda Italiya davlatida taekvondo bo‘yicha o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga yo‘llanma olishgan, biroq xalqaro musobaqaga borishga moddiy imkon topa olmayotgan ekan. Murojaatdan so‘ng viloyat hokimligi opa-singillarning bu boradagi safar xarajatlari uchun mablag‘ ajratadigan bo‘ldi.

O‘rtachirchiqlik Dilnoza Xudoyberganova tumandagi «Shodlik» maktabgacha ta’lim tashkilotiga tarbiyachi bo‘lib ishga qabul qilingan bo‘lsa, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi talaba Durdona G‘ulomovaga yangi o‘quv yili uchun kontrakt pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Xuddi shunday muloqotlar asnosida bir necha yildan buyon tos suyagi yemirilishidan aziyat chekib kelayotgan chinozlik Abdurasul Eshmurodovga viloyat hokimligi bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazishi va sog‘ayishi uchun amaliy yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi.

Chinozlik og‘ir ijtimoiy ahvoldagi Fotima Iskarayevaning murojaatidan so‘ng Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi uning tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan ikki yashar qizi Shukronani davolatishni o‘z zimmasiga oldi. Shu yerda uch tomonlama shartnoma tuzilib, Shukronaning yurak jarrohlik amaliyoti uchun zarur bo‘lgan 33 million so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining alohida topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Chinoz va O‘rtachirchiq tumanlaridagi ommaviy qabullarida 406 ta masala ko‘rib chiqildi, ularning 81 tasi joyida hal qilingan bo‘lsa, 85 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berildi, 240 ta murojaat bo‘yicha esa aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.

Bu kabi muloqotlar Ohangaron shahrida ham tashkil qilindi.

18.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar