
Samarqand viloyati sudi raisi Olim Hayitov Payariq tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan uchrashuv va sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul jarayonida jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy masalalar yuzasidan fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi. 30 ga yaqin fuqaro o‘z muammolariga yechim izlab murojaat qildi. Shuningdek, sodir qilgan jinoiy qilmishi uchun sud hukmi bilan jazoni o‘tayotgan 6 nafar fuqaro qilmishidan pushaymonligi, tegishli xulosa chiqarganligi, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tganligini, bundan buyon sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishini bildirib jazoning o‘talmay qolgan qismidan ozod qilishni so‘radi.
– Qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar. Har kim qilmishiga yarasha jazosini olishi aniq, – dedi Olim Hayitov, – Biroq, qilmishining oqibatini anglab yetgan, pushaymon bo‘lgan, o‘ziga xulosa chiqargan shaxslarga hukumatimiz yengilliklar beryapti. bugungi sud-huquq islohotlari ham shunga qaratilgan.
Fuqarolar turli masalalarda ham murojaat qildi. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ijobiy hal etilishiga harakat qilindi. Ayrimlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ng, sayyor sud majlisi tashkil etildi. Unda 6 nafar fuqaroning jazoning o‘talmay qolgan qismidan ozod qilish to‘g‘risidagi murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |