2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Maqsad — raqamlar ortidan quvish emas, odamlarni rozi qilish

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori asosida 4 ta sektorga bo‘lingan holda hududlarni rivojlantirish ishlarni olib borilmoqda.

Albatta, bu mexanizm o‘zining samarasini bermoqda, uyma-uy yurib o‘rganishlar natijasida aholini qiynayotgan bir qator muammolarga echim topilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari rahbarligidagi 58 nafar mutaxassisdan iborat ishchi guruh tomonidan Toshkent shahridagi tuman prokurorlari mas’ulligidagi sektorlarda yuqo­rida keltirilgan qaror ijrosi o‘rganilganda, bu borada bir qator ijobiy ishlar bajarilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘tgan davrda kam ta’minlangan oilalarga yor­dam ko‘rsatilib, 32 tasining xonadonlari ta’mirlangan, 19 tasi uy-joy bilan ta’minlangan. Nogironlarga 163 ta nogironlik aravachasi, 56 ta protez va boshqa tibbiy moslamalar tarqatilgan. Shuning­dek, 34 nafar bemor ahvolidan xabar olinib, ularga 85 mln. so‘mlik dori vositalari berilgan. 15 nafar shaxsga imtiyozli kredit ajratilishida ko‘mak berilgan.

Endi bu ishlarni tumanlar miqyosida ko‘radigan bo‘lsak, Yunusobod tumanida 87-sonli maxsus maktabda kapital ta’mirlash ishlari uchun homiylar tomonidan 1,5 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar ajratilib, maktabning oynalari, ichki va tashqi fasadi, ichki hudud yo‘llari, stadion va yordamchi binolarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Mirobod tuman prokurori sektoridagi uy-joyga muhtoj oilalarning 2 tasi uy-joy bilan ta’minlanib, 1 nafar nogiron fuqaroning xonadoni ta’mirlab berildi. Shuningdek, tumanda joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 57-sonli maktabning devori hamda jismoniy tarbiya xonasi ta’mirlandi.

E’tiborni Yakkasaroy tuman prokurori sektori hududiga qaratadigan bo‘lsak, bu erda 45 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga gaz plitalari etkazib berilgan, 1 nafar fuqaroning xonadoni to‘liq qayta qurilgan, 1 ta muhtoj oila uy-joy bilan, 2 nafar nogiron, ehtiyojmand oilaga esa Sergeli tumanida qurilayotgan imtiyozli uylardan boshlang‘ich badal to‘lab berish sharti bilan uy-joy ajratilishi ta’minlangan.

Sergeli tuman prokurori sektoridagi «Daryo bo‘yi» mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj D.Nasreddinovaning uyida homiylar tomonidan 50 mln. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, Bektemir tuman prokurori sektoridagi «Chashma» mahallasida obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilib, uylar tash­qi ko‘rinishi tartibga keltirilgan, 17 ta kam ta’minlangan oila uylarining tomi va fasad qismi joriy ta’mirlangan, 2 ta uy qurilishiga ko‘maklashilib, mahallaga 1 km.ga yaqin oqava suv tizimi o‘tkazilgan.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tuman prokurori sektorida 54 nafar nogironga nogironlik aravachalari va 12 nafar yakka-yolg‘iz qariyalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan, 80 ta kam ta’minlangan oilaga 12 mln. so‘mlik moddiy yordam puli berilgan. Bundan tash­qari, 101-sonli kar bolalar maktab-internatining ovqatlanish binosini kapital ta’mirlash uchun homiylar tomonidan 300 mln. so‘mga yaqin mablag‘lar ajratilib, oshxonasi ta’mirdan chiqarildi.

Tuman prokurorlari sektorida «Obod mahalla» dasturi doirasida 2018 yilda jami 11 mahallaning obodonlashtirilishi belgilangan. Buning uchun jami 113,206 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 25,653 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Tijorat bank­lari tomonidan 8,584 mln. so‘m kreditlar berilgan. «Obod mahalla» dasturi doirasida mahallalardagi 234 ta ko‘p qavatli uylardan 129 tasining tom qismi, 180 ta kirish yo‘lagi, 4 ta lift va 46 ta elektr taqsimlovchi shit ta’mirlandi. Shuningdek, 70 ta uyning er­to‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yangilandi. 99 ta uyning fasad qismi, 10 ta bolalar maydonchasi va 2 ta bolalar bog‘chasi ta’mirlandi. 93 ta videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi.

Shu bilan birga,  Bosh prokuratura tomonidan sektorlarda aniqlangan holatlardan kelib chiqqan holda Toshkent shahrida 1991 yilga qadar qurilgan ko‘p qavatli uylarning texnik holati tanlov yo‘li bilan vizual ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada 1991 yildan oldin qurilgan 60 ta ko‘p qavatli uylarda (ulardagi 2981 ta xonadonda 6375 nafar fuqaro yashaydi) avariya holati alomatlari aniqlandi. O‘rganish natijalari bo‘yicha 49 ta uylarda tegishli ta’mirlash va mustahkamlash ishlarini amalga oshirish orqali foydalanish mumkin, qolgan 11 tasining texnik holatini maxsus asbob-uskunalar yordamida (instrumental) batafsil o‘rganish orqali buzish yoki kelgusida foydalanish mumkinligi haqida xulosa qilish lozim deb topildi.

Ishchi guruh o‘rganishlari jarayonida xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkatlariga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, Yashnobod tumani «Istiqlol» mahallasida joylashgan «Aleks kommunal servis» XUJMSh tomonidan 18, 27-uylarning tomini ta’mirlash uchun TIF «Milliy bank» Yashnobod filiali tomonidan 70 mln. so‘m kredit, «Yashnobod» mahallasida joylashgan «Azimjon kommunal» XUJMShga mazkur bank muassasasi tomonidan 145 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi ta’minlandi.

Yunusobod tumanida yashovchi, nogiron farzandini yakka yolg‘iz tarbiyalayotgan N.Kozieva moddiy yordamga muhtojligi, 11 mln. so‘mdan ortiq kommunal qarzdorligi mavjudligi aniqlandi. Unga homiylarni jalb etgan holda 400 ming so‘m moddiy yordam va 2 mln. 200 ming so‘mlik tikuv mashinasi olib berildi. Hozirda N.Kozieva uyida farzandiga g‘amxo‘rlik qilib, tikuvchilik bilan shug‘ullanmoqda.

Raqamlardan ham ko‘rinib turibdiki, qilingan va qilinayotgan ishlarning salmog‘i tosh bosadi. Biroq, asosiy maqsad raqamlar ortidan quvish emas, balki  xalqimizning farovonligini ta’minlash, odamlarimizni rozi qilishdir.

 

Ulug‘bek Abdurahmonov,

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i

02.11.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar